So’nggi yangiliklar

23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  0 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  5 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  5 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  47 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0

Birinchi uchrashuvni shouga aylantirgan jamoalar to'qnashuvi: Final chiptasi o'ynaladigan "Inter" – "Barselona" o'yini uchun prevyu Yangiliklar

Birinchi uchrashuvni shouga aylantirgan jamoalar to'qnashuvi: Final chiptasi o'ynaladigan "Inter" – "Barselona" o'yini uchun prevyu

Dastlabki uchrashuvdagi "gollar otishmasi"dan keyin "Inter" – "Barselona" javob bahsidan nimalar kutishimiz mumkin?

Har ikki jamoa ECHL yarim finalidan avval chempionat o'yinida qator futbolchilariga dam berdi.


"Inter"

1."Inter" Chempionlar Ligasi doirasidagi uy o'yinlarida 16 o'yindan buyon yutqazmayapti

Milanliklar o'z maydonlarida Chempionlar Ligasi doirasida qatorasiga 16 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lishmayapti va ulardan 13 tasida zafar quchishgan. Joriy mavsum Simone Inzagi jamoasi "Feyenoord" va "Bavariya"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Biroq birinchi uchrashuvda ko'rindiki, jamoa himoyasida muammolar etarlicha topiladi. "Neradzurri" kataloniyaliklarga 0:2 hisobidan qaytishga imkon berishdi va 3 marta gol o'tkazib yuborishdi. Shunga qaramay, safardagi durang — qoniqarli natija, ustiga-ustak "Inter"ning "San-Siro"dagi kuchini inobatga olsak.



2. Lautarosiz, lekin rotaciyalar bilan: "Inter" etakchilarining o'rnini kim bosadi

"Inter" javob uchrashuviga qator yo'qotishlar bilan etib kelmoqda: Simone Inzagi Lautaro Martines va Benjamen Pavar xizmatidan foydalana olmaydi. Argentinalik birinchi uchrashuvda jarohat oldi va javob bahsida ishtirok etolmaydi. Bu esa Arnautovich yoki Taremiga qo'shimcha imkoniyat eshiklarini ochadi. Himoyada uchta markaziy himoyachi harakat qiladi: Bissek, Acherbi va Bastoni. Maydon markazida ham uchlik — Mxitaryan, Barella va Chalxanoglu. Darvoqe, turkiyalik A Seriyaning oxirgi uchrashuvini diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yubordi.


3. Tyuram va Dumfris — "neradzurri"ning noodatiy yashirin quroli

Birinchi o'yinda "Inter" hujumi ko'pchilikni hayron qoldirdi: Markus Tyuram 30-soniyada hisobni ochdi va yarim finallarda urilgan gollar ichida eng tezkori bo'lib, tarixga kirdi. Denzel Dumfris, xalqaro arenada ancha vaqtdan buyon gol urolmayotgandi, bir yo'la dubl muallifiga aylandi. Jamoa etakchisi Lautaro Martines jarohatlangan bo'lsada, uning o'rnini Arnautovich yoki Taremi egallaydi, Chalxanoglu, Barella va Mxitaryanning asosiy tarkibga qaytishi esa markaziy zonaga rang-baranglik beradi. Inzagi usulni o'zgartirishni yaxshi uddalaydi: ehtiyotkor himoyadan tortib, agressiv pressingli hujumgacha.


"Barselona"

1. Jamoa sport formasi zo'r, ammo tarixiy statistika "Barsa" foydasiga emas

Joriy mavsum "Barselona" juda yaxshi natijaga qarab ketmoqda: Ispaniya Kubogi va Superkubogidagi g'alabadan keyin Xansi Flik jamoasi La Ligada ham etakchi. "Valyadolid" ustidan qozonilgan g'alaba 30 o'yindagi 24-si bo'ldi — faqatgina masala hal qilingandan keyingi ECHL chorak finalida "Borussiya" bilan javob uchrashuvida mag'lubiyat qayd etildi. Biroq yarim finallarda kataloniyaliklar safarda qiynaladi: qatorasiga 4 mag'lubiyat va ushbu bosqichda tarixda faqatgina ikki g'alaba. Italiya klublariga qarshi safar o'yinlari statistikasi ham unchalik yaxshi emas — 24 ta o'yinda 5 g'alaba. "San-Siro" — "Barselona" "San Siro"da "Inter"ni faqat bir marta yuta olgan.


2. Flik UEFA Chempionlar Ligasiga katta umid bog'lamoqda

Javob o'yinidan avval Xansi Flik ham rotaciyaga qo'l urdi va etakchilariga dam berdi. Kadrlar masalasi ideal emas — Jyul Kunde hamon lazaretda va Milandagi o'yingacha tiklanib ulgurmayapti. Darvozada — Shensni, himoyada — markaz Arauxo va Kubarsi juftligi, Alexandro Balde esa hech bo'lmasa zaxiraga qaytadi. Yarim himoyada esa De Yong va Pedri hamda hujumda Yamal, Rafinya va katta ehtimol Olmo, Ferran Torresga ishonch bildiriladi. Levandovski deyarli tayyorligi aytildi, lekin asosiy tarkibga kiritilmasa kerak.


3. "Barselona"ning hujumdagi imkoniyatlari — ispanlarning asosiy ustunligi

Lamin Yamal Chempionlar Ligasi shu mavsumida 5 ta gol urib ulgurdi — tarixda faqatgina 3 nafar yosh iqtidor undan yaxshiroq natija ko'rsatgan. Birinchi uchrashuvdagi uning aniq zarbasi o'yin bezagi bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Qanotdagi uning sherigi Rafinya ECHLning o'zida 21 ta samarali harakat amalga oshirib ulgurdi. Flik boshchiligida "Barselona" 40 ta gol urdi. Tajribali germaniyalik mutaxassis shogirdlarini evrokubok o'yinlariga tayyorlashni yaxshi biladi va "Barsa" hujumi butun Evropa etiborini tortib ulgurdi. Hozir asosiy masala safarda ham ular shunday samarali harakat qila oladimi yoki yo'q. Agarda Yamal va Rafinya yaxshi kayfiyatda bo'lsa, ispanlar omadsiz ananaga chek qo'yishi oson bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bahs bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. G'olib ECHL finaliga yo'l oladi. 


TerminaTor

Reyting: +9   

Fikrlar

+4   
06 may 15:01:48
Y@Go_6060
Барселона олга!!!
+2   
06 may 15:21:25
Ulugbek Xasanov
Barselona ham Inter ham bugun bor kuchini tashlaydi zoʻr oʻyin bolishi shubhasiz Barselonaga omad Olgʻa Barsa ishonch kuchli bizda
+2   
06 may 14:56:49
assassin
Иккала жамоага хам омад кайси бири чиксаям хакли
+1   
06 may 17:24:47
assassin
Ulugbek Xasanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Assalomu alaykum Sizdek muhlislar koʻpaysin.
Ва алайкум ассалом. Чарчамаяпсими саломатчиликлар яхшими огайни
+1   
06 may 16:58:12
АПЛ
5:3
+1   
06 may 15:43:02
Маматов Муҳаммад
Реал мухлиси бўлсамам тўғрисини айтаман бу ўйинда Барса фоварит агар Интер ютиб қўйса сенсация бўлади
+1   
06 may 15:29:40
Фабрицио Романо
Интер 1-3 Барселона
   
07 may 03:31:55
АПЛ
АПЛ foydalanuvchining fikriga javob berish
5:3
Узр 4:3 экан.
   
06 may 23:05:05
Сирож
4÷2 интер ютади иншааллох
   
06 may 21:31:42
Кодиржон
Davronov_Rahimjon_023 foydalanuvchining fikriga javob berish
Интер, Арсенал, ПСЖ битта бўлиб тушса анча қийналиб қоса кере барселона
Ха енди буям бир гапде ака
   
06 may 19:38:16
Baxrom Otaqulov
Ярим финалдаги 4 жамоани хаммаси хам чемпион булишга лойик, бугунги ва эртанги уйинларда 4 жамоага хам омад
   
06 may 19:29:48
Мирзохон
Бугун голларга бой, очиқ ўйин бўлади. Кимни жисмоний тайёргарлиги яхши бўлса ўша ютади.
   
06 may 18:52:02
Ulugbek Xasanov
assassin foydalanuvchining fikriga javob berish
Ва алайкум ассалом. Чарчамаяпсими саломатчиликлар яхшими огайни
Shukur Alhamdulillah ishlar yaxshimi
   
06 may 18:22:07
WalveRine-_-6
Bugun gollar kamroq bolsa kerak. Barcelona himoyada yaxshiroq oynaydi manimcha. Bunga sabablar kop. Birinchi oyinda xatolar evaziga otqazilgan 3 ta gol va 4 tala himoyachi ham katta ehtimol bilan markaziy himoyachilar boladi. Flick albatta bu xatolar ustida ishlagan. Yanayam koramiz nimalar bolarkin. Visca Barca!
   
06 may 17:17:19
Dima
20 yildan buyon Interni muxlisiman. Forza Inter. Noodadiy oyinlaring bilan xursant qilasan bugun xam.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика