So’nggi yangiliklar

00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:30Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Атлетик" финал йўлида баҳс олиб боришмоқда.   7 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  0 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  3 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  10 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  101

"Hurmatli muxlislar, jamoadagi ishim davomida meni har tomonlama qo'llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat!" - Aleksandr Xomyakov Yangiliklar

"Hurmatli muxlislar, jamoadagi ishim davomida meni har tomonlama qo'llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat!" - Aleksandr Xomyakov

Kuni kecha "Andijon" jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan mutaxassis Aleksandr Xomyakov klubga omad tiladi.

"Andijon"ga chin ko'ngilimdan omad va muvaffaqiyat tilab qolaman! Umid qilamanki, Andijonda bundan keyin ham futbol rivojlanishda, klubni esa nafaqat mamlakatda, balki xalqaro arenalarda ham taniy boshlashlari davom etadi. 

Hurmatli muxlislar, jamoadagi ishim davomida meni har tomonlama qo'llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat aytmoqchiman. Ayniqsa, O'zbekiston Kubogi finalida birga boshdan o'tkazgan his-hayajonlarni umrbod esimdan chiqara olmayman. O'sha muvaffaqiyat sizlarning ko'magingiz orqali amalga oshdi, deya hech ikkilanmay aytmoqchiman. Barchangizga rahmat! Sizlar dunyodagi eng zo'r fanatsizlar! 

Shak-shubhasiz, butun murabbiylar shtabi, tibbiy xodimlar, mamurlar, matbuot xizmati vakillari, U-21 hamda U-19 murabbiylari, akademiya murabbiylari, maydonni parvarishlab kelayotgan xodimlar, oshpazlar, barcha ishchilarga va umuman o'tgan vaqt mobaynida meni qo'llab-quvvatlab kelgan hamma insonlarga minnatdorlik bildirib qolaman. Maydondagi natijalarga hamma birdek daxldor bo'ldi, deb baralla ayta olaman. 

Futbolchilarga rahmat. Ularning har birini qadrlayman va fursatdan foydalangan holda ish jarayonida kimlargadir qattiq gapirgan, dilini og'ritgan bo'lsam, uzr so'rayman. Barcha harakatlar maydonda yaxshi natijalarga erishishga qaratilgandi. Keyingi o'yinlarda klubga omad tilab qolaman.

Darhaqiqat, Andijon viloyati rahbariyati, "O'zavtosanoat” AJ direktorlar kengashiga menga bildirilgan ishonch uchun alohida minnatdorlik bildirib qolaman. "Andijon"dek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo'ldi. Omon bo'linglar!”, – dedi Xomyakov.

Shuni alohida takidlash kerakki, Aleksandr Xomyakov jamoaga 2022 yilning 15 dekabr kuni rasman bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kunga qadar chempionat va O'zbekiston Kubogi bahslarida hammasi bo'lib 72 ta o'yinda jamoani boshqardi. Shundan 26 g'alaba, 21 durang va 25 mag'lubiyat qayd etildi. Uning boshchiligida to'plar farqidagi ko'rsatkich bo'yicha 95 ta gol urilgan va 85 ta to'p o'tkazib yuborilgan. 

Xomyakov bosh murabbiyligida "Andijon" klubi o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi. 2023 yilda Superligada yilning ramziy jamoasida eng yaxshi murabbiy deya etirof etildi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика