

Superliga
19-tur
"Qo'qon-1912" - "Buxoro" 1:1
Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Jasur Muxtorov
Qanot hakamlari: Shohruh Maqsudov, Adhamjon Rixsiboev
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
Nazoratchi: Timur Galeev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: 1:0 – 49, Javohir Sidiqov (penalti); 1:1 – 90+2, Shahzodbek Ubaydullaev
“Qo'qon-1912”: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (9.Javohir Husanov, 84), 11.Silvanus Nimeli (22.Toma Tabatadze, 84), 14.Ibrohim Yo'ldoshev, 15.Zafar Hakimov (19.Shahzod Akramov, 69), 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk (20.Iqboljon Malikjonov, 77), 99.Muhammadanas Hasanov (10.Shohruh Gadoev, 69)
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 71.Elbekjon Yo'lchiev, 90.Akbar O'ktamov.
“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev (8.Anvarjon Jo'raev, 90+4), 11.Timur Mamasidiqov (22.Asadbek Jo'raboev, 83), 21.Quvondiq Ro'ziev (9.Nika Kacharava, 73), 25.Sherzod Esanov, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayyumov, 73), 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 13.Azizxon Isaqov, 4.Nodir Ahmadjonov, 18.Ozodbek Rajabov, 19.Abbos Umarov, 88.Dominik Begich.
Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov (48), Aleksandr Xomyakov (78), Ibrohim Yo'ldoshev (86)
Chetlatish: Sardor Qulmatov (88, ikkinchi ogohlantirish)
🏁 90+5-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! Bosh hakam Jasur Muxtorovning final hushtagi yangradi. Qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy kechgan bahsda "Qo'qon-1912" hamda "Buxoro" jamoalari 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
90+4-daqiqa. "Buxoro" tarkibida o'zgarish: supergol muallifi Shahzodbek Ubaydullaev zaxiraga olindi, uning o'rniga Anvarjon Jo'raev bahsga qo'shildi.
⚽️ 90+2-daqiqa. GOL! Shahzodbek Ubaydullaevdan shedevr! U taxminan 25-30 metrlardan belgilangan jarima zarbasini to'g'ridan to'g'ri va kuchli tarzda darvozaga yo'llab, muvozanatni tikladi. Hisob tenglashdi – 1:1!
90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam bahsga 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
🟥 88-daqiqa. "Buxoro" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi! Sardor Qulmatov raqibining libosidan tortib qolgani sababli ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi.
86-daqiqa. Ibrohim Yo'ldoshev uchrashuv bosh hakami tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
84-daqiqa. "Qo'qon-1912" safida navbatdagi ikkitalik o'zgarish: uchrashuvdagi yagona gol muallifi Javohir Sidiqov o'rniga Javohir Husanov, Silvanus Nimeli o'rniga esa Toma Tabatadze maydonga tushdi.
83-daqiqa. "Buxoro" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Timur Mamasidiqov maydonni tark etdi, uning o'rniga Asadbek Jo'raboev o'yinga qo'shildi.
78-daqiqa. "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hakamning qaroriga keskin etiroz bildirgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
77-daqiqa. "Qo'qon-1912" safida navbatdagi o'zgarish: Egor Kondratyuk o'rniga maydonga Iqboljon Malikjonov tushirildi.
73-daqiqa. "Buxoro" tarkibida qo'shaloq o'zgarish: Vladimir Rodich o'rnini Asilbek Qayyumovga, Quvondiq Ro'ziev esa Nika Kacharavaga bo'shatib berdi.
69-daqiqa. "Qo'qon-1912" safida bir yo'la ikkita o'zgarish: Muhammadanas Hasanov o'rniga Shohruh Gadoev, Zafar Hakimov o'rniga esa Shahzod Akramov maydonga tushdi.
64-daqiqa. Qo'qonliklarning hujumi vaqtida Silvanus Nimeli ofsaydda qolib ketgani sababli yon hakam bayroqchasini ko'tardi.
54-daqiqa. Shahboz Jo'rabekov yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritdi. Mezbonlar himoyachisi to'pni qaytarib yubordi, biroq qaytgan to'pga Timur Mamasidiqov zarba yo'lladi – noaniq. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.
⚽️ 49-daqiqa. GOL! Javohir Sidiqov 11 metrlik jarima zarbasini sovuqqonlik bilan amalga oshirdi. Darvozabon Umidjon Hamroev zarba yo'nalishini topa olmadi va to'p to'rga borib tushdi. "Qo'qon-1912" hisobda oldinga chiqib olmoqda – 1:0!

⚠️ 48-daqiqa. VAR monitori yoniga borib vaziyatni sinchkovlik bilan qayta ko'rib chiqqan bosh hakam Jasur Muxtorov "Buxoro" darvozasi tomon penalti belgiladi. Vaziyatda Sardor Qulmatov Silvanus Nimelining yuziga tirsak bilan zarba bergan deb topildi va unga sariq kartochka ko'rsatildi.
46-daqiqa. Silvanus Nimeli raqib jarima maydoni ichida Sardor Qulmatov bilan to'qnashib, maydonga yiqildi. Uchrashuv bosh hakami bu vaziyatda qoida buzilmadi deb hisoblab, o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Jamoalar maydonga qaytishdi va bahs davom etmoqda.
⏸ 45+3-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hakamning hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.
⚠️ 45+3-daqiqa. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning yon chiziqdan oshirgan to'pini Silvanus Nimeli qabul qilib, Egor Kondratyukka etkazdi. Kondratyukning aylanma zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytib chiqqan to'pga Zafar Hakimov kuchli zarba yo'lladi, biroq Kirill Todorov o'z vaqtida faollik ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam ushbu bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
39-daqiqa. Javohir Sidiqov jarima to'pini yana raqib jarima maydoniga etkazib berdi, ammo mehmonlar darvozaboni Umidjon Hamroev ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.
32-daqiqa. Uchrashuvda keskin va xavfli vaziyatlar deyarli kuzatilmayapti, kurash asosan maydon markazida kechmoqda. Shu bilan birga, maydon sifatining pastligi ham jamoalarning tezkor va kombinacion o'yin namoyish etishiga biroz to'sqinlik qilmoqda.
24-daqiqa. Javohir Sidiqovning standart vaziyatdan havolatib oshirgan to'pini Asliddin Toshtemirov bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
20-daqiqa. Maydon markazida Ravshan Xayrullaevga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlar to'pni o'yinga kiritadi.
⚠️ 13-daqiqa. Xavfli vaziyat! Javohir Sidiqov jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, biroq himoyachi to'pni bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.
12-daqiqa. Muhammadanas Hasanovga to'pni oldirib qo'ygan Kirill Todorov qoidani buzishga majbur bo'ldi. Hakam jarima maydoni yaqinida qo'qonliklar foydasiga xavfli standart vaziyat belgiladi.
1-daqiqa. Bosh hakam Jasur Muxtorovning hushtagi yangradi va "Qo'qon-1912" hamda "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start berildi.



