So’nggi yangiliklar

21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  1 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  21 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  40 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

Olmaliqda haqiqiy drama! Xurshid G'iyosovning benifisiga aylangan uchrashuvda OKMK "Andijon" bilan 1:3 ni 4:3 ga aylantirdi! Yangiliklar

Olmaliqda haqiqiy drama! Xurshid G'iyosovning benifisiga aylangan uchrashuvda OKMK "Andijon" bilan 1:3 ni 4:3 ga aylantirdi!

Superliga 8-turidan o'rin olgan OKMK – "Andijon" bellashuvi yakuniga etdi.

Superliga

8-tur

OKMK – "Andijon" 4:3 

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:30

Gollar: Xurshid G'iyosov (Dilshodbek Ahmadaliev) 16', Xurshid G'iyosov penalti 87', Oybek Rustamov (Islom To'xtaxo'jaev) 90+3', Xurshid G'iyosov penalti 90+7' – Bektemir Abdumannonov 19', Altin Kreziu (Bektemir Abdumannonov) 39', Sardor Azimov (Ilhomjon Abdug'aniev) 42' 

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzoqov

Zaxira hakami: Aziz Jumanov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Edita Mirabidova

Komissar: Davron Ibrohimov

OKMK: 25.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 56), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Kleydi Daci (27.Ali Abdurahmonov, 56), 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches (8.Aziz Xolmurodov, 78), 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 28.Arixiro Sentoku (99.Asadbek Sobirjonov, 78).

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 5.Giorgi Papava, 13.Eldorbek Begimov, 16.Naoki Senaga, 90.Abubakr Rizo Turdialiev.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 6.Altin Kreziu (8.Iskandar Shayqulov, 63), 7.Rustam Turdimurodov (11.Islam Mashukov, 90), 10.Ilhomjon Abdug'aniev (32.Luka Uskokovich, 90+3), 13.Sardorbek Azimov, 18.Damir Temirov (9.Mirzad Mehanovich, 90), 33.Oleg Zoteev, 66.Miomir Jurichkovich, 71.Bektemir Abdumannonov (22.Usmonali Ismonaliev, 90).

Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhod Sohibjonov, 23.Doniyor Abdumannopov.

Ogohlantirishlar: Altin Kreziu (31), Avazbek O'lmasaliev (67), Eldor Adhamov (90+2).

Chetlatish: Ali Abdurahmonov (60).

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+9. Rustam Lutfullin etiroz bildirayotgan Mirjalol Qosimovni og'zaki ogohlantirdi. 

90+7. GOL! Xurshid G'iyosov penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni 4:3 ko'rinishiga keltirdi! Fantastik bahs! 

90+4. Penalti! Adhamov Xurshid G'iyosovni yiqitgani uchun 11 metrlik standart belgilandi. 

90+3. GOL! Oybek Rustamov darvozani ishg'ol qildi! Dahshat! 3:3! 

90+3. "Andijon"da o'zgarish: Abdug'aniev o'rniga Uskokovich tushdi. 

90+2. Eldor Adhamov vaqtni cho'zgani uchun ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi taymga naqd 10 daqiqa qo'shildi. 

90. "Andijon"da 3 ta almashtirish: Temirov o'rniga Mehanovich, Turdimurodov o'rniga Mashukov, Abdumannonov o'rniga Ismonaliev tushirildi. 

89. Uuuux! Sobirjonovning pasidan so'ng Muqumjonov bosh bilan darvoza ustunini poyladi. 

87. GOL! Xurshid G'iyosov penaltidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni qisqartirdi – 2:3! 

85. Penalti! Shayqulov To'xtaxo'jaevga nisbatan qoidani buzdi va bosh hakam nuqtani ko'rsatdi. 

82. OKMKning uzoq davom etgan hujumi: G'iyosovning ichkariga oshirib bergan to'piga sheriklari ega chiqolmadi. 

79. Zarbaa! Miomir Jurichkovich jarimadan oshirib berilgan to'pni darvozaga yo'naltirdi, noaniq. 

78. OKMKda 2 ta almashtirish: Sanches o'rniga Xolmurodov, Sentoku o'rniga Sobirjonov uchrashuvni davom ettiradi. 

77. Xurshid G'iyosov jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Bosh hakam hech narsa yo'q demoqda, futbolchi esa norozi. 

71. Penalti belgilanmadi. Davom etamiz. 

70. Rustam Lutfullin yana VAR monitori sari yo'l oldi. Xurshid G'iyosov jarima maydonchasi ichida yiqitilgan bo'lishi mumkin. Temirov G'iyosovning oyog'ini bosib olgani o'rganilmoqda. 

67. O'lmasaliev kechiktirilgan fol uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

65. Zarbaaa! Ahmadalievning pasidan so'ng Sanches boshi bilan juda xavfli, biroq noaniq zarba yo'lladi. 

63. "Andijon"da almashtirish: Kreziu o'rniga Shayqulov maydonga tushdi. 

60. Ali Abdurahmonovga qizil kartochka berildi. U maydonni tark etmoqda. 

59. Bosh hakam VAR monitori tomon yo'l oldi. G'ulomov bilan ro'y bergan holat o'rganilmoqda. 

57. Abdulvohid G'ulomovga tibbiy yordam zarur bo'lmoqda. Abdurahmonov unga tirsak bilag zarba bergandek tuyulmoqda. 

56. OKMKda 2 ta o'zgarish: Qosimov o'rniga Abdurazzoqov, Daci o'rniga Abdurahmonov tushirildi. 

53. OKMKning navbatdagi hujumi Xurshid G'iyosov to'pni texnik jihatdan to'xtatolmagani uchun yakun topdi. 

50. Hakam o'yinni to'xtatdi. Oleg Zoteevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

47. Arixiro Sentoku Rustam Turdimurodovni qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. OKMKda o'zgarish: Yoqubov o'rniga Sayyotov tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:3. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. "Andijon" shunchaki avjiga chiqmoqda, do'stlar. Dahshat!

42. GOL! Sardor Azimovning erlatib yo'llagan zarbasi rikoshet orqali darvozadan joy oldi – 1:3!

42. Uuuux! Abdug'aniev ham uzoqdan gol urishiga bir baxya qoldi. To'p darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. 

39. GOL! Altin Kreziu olisdan darvozani poyladi va to'p darvozabon xatosi tufayli to'rdan joy oldi – 1:2!  

38. "Ultras burgut" Olmaliqqa kelgan va jamoani faol qo'llab-quvvatlab turibdi.  

36. Uuux! Mirjamol Qosimov aylanma zarbasi orqali darvozani nishonga oldi, sal noaniq. 

34. Sardor Azimov Ruben Sanchesga nisbatan qoidani buzdi va jabrlangan futbolchiga biroz etiroz bildirdi. 

31. Altin Kreziu qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi. 

27. Zarba! Qosimov jarima zarbasi orqali darvozani poyladi, darvozabon o'z o'rnida! 

24. Uuux! Azimov va Rustamov juda jiddiy to'qnashib ketishdi. Muxlislar yaxshi bilishadi, ularning har ikkisi jangchilar sirasiga kiradi. Rustamovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

23. Altin Kreziuning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi. 

19. GOL! Yoqubovning kichik xatosidan keyin Bektemir Abdumannonov bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritdi – 1:1!

16. GOL! Ahmadalievning uzatmasidan so'ng G'iyosov bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0!

14. OKMK to'p nazoratini o'zida ushlab turib, vaziyat hosil qilishga urinmoqda. 

9. Zarba! Abdug'anievning chamasi 18 metrdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.  

7. O'yin harorati ancha yuqori, ko'z tegmasin deymiz. Daci hujum vaqtida fol ishlatishga majbur bo'ldi. 

5. Zarbaaa! Miomir Jurichkovich yaqin masofadan xavfli, ammo ancha noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

4. Zarba! Mirjamol Qosimovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Avazbek O'lmasaliev bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

3. Zarbaaa! Sanchesning qulay pasidan keyin Daci zarba yo'lladi, darvozabon xavfni bartaraf etdi. 

2. Ruben Sanches maydon markazida qoidani buzdi va uzr so'rab qo'ydi. 

1. O'yinga start berildi! 

- O'yin boshlanishi biroz kechikmoqda. 

- Uchrashuv 19:30 da boshlanadi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика