Superliga futbolchilari YCHL finalchilarini taxmin qildi

Оқил Абдубарноев
6 may 2025, 11:00
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvlariga start beriladi.

Yashil maydon qirollari bo'lmish futbolchilarning fikrlari doimo muxlislar uchun qiziqish uyg'otadi. Ayniqsa, Yevropaning eng nufuzli turnirlardan biri – Chempionlar ligasi finaliga qaysi jamoalar yetib borishi borasidagi taxminlar barchaning diqqat markazida bo'ladi. O'zbekiston Superligasida to'p tepayotgan futbol yulduzlari ham bu jarayondan chetda qolishmadi. Ular o'z tajribalari, jamoalarning hozirgi sport formasi va o'yin uslublariga tayangan holda Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahsida maydonga tushishi mumkin bo'lgan ehtimoliy jamoalar haqida o'z fikrlarini bildirishdi. Quyida ularning qiziqarli va bazan kutilmagan taxminlari bilan tanishishingiz mumkin.


Temurxo'ja Abduxoliqov:

- Menimcha, hamma kutgan jamoalardan biri finalga chiqa olmaydi. Balki "Inter"ni finalda ko'rarmiz.

Asadbek Rahimjonov:

- Menimcha, "Inter" va PSJ finalga yo'l oladi.

Alisher Salimov:

- "Barselona" va PSJ finalda o'ynashini xohlayman, sababi ikki kuchli murabbiyning to'qnashuvini ko'rish qiziqroq.

Asliddin Toshtemirov:

- "Barselona" va PSJ finalda to'qnash keladi, deb o'ylayman. Sababi, ikkalasi principal raqib hisoblanadi. Qolaversa, ular ajoyib o'yin namoyish etishmoqda. 

Andro Giorgadze:

- O'ylashimcha, PSJ va "Inter" finalga yo'l oladi.

Yosip Tomashevich:

- "Barselona" va PSJ finalga yo'l olsa kerak.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia