So’nggi yangiliklar

22:30"Барселона" Франция чемпионатидаги ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  20 21:37"Валенсия" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  6 21:34"Астон Вилла" — "Челси". Асенсио ва Палмер асосий таркибда, Рэшфорд захирада  7 21:14"Торино" — "Милан". Таркиблар маълум  2 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  3 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  3 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  13 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  9 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  17 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  9

"Superkubokni Qashqadaryoga olib ketishni va 2016 yilgi g'alabani takrorlashni maqsad qilganmiz". "Nasaf" murabbiyi va futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Superkubokni Qashqadaryoga olib ketishni va 2016 yilgi g'alabani takrorlashni maqsad qilganmiz". "Nasaf" murabbiyi va futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani

Ertaga, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bellashuv bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'zaro kurash olib borishadi.

O'zbekiston Supekubogidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov va jamoaning etakchi futbolchilari Husniddin Aliqulov, Abduvohid Nematovlar ishtirok etishdi va jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi.





"Avvalambor assalomu aleykum matbuot anjumani ishtirokchilari. Yangi futbol mavsumi boshlangani bilan barchani tabriklayman. Yigitlarimizda kayfiyat alo darajada. Tayyorgarligimiz reja asosida o'tdi. Umid qilamanki, ertaga yigitlar bor kuchlari bilan ikkinchi bor Superkubokni qo'lga kiritish uchun harakat qilishadi. Bilsangiz, 2016 yil aynan Superkubokda "Paxtakor"ni taslim qilib bosh sovringa ega chiqqan edik. Mana shu tarixni takrorlashga urinib ko'ramiz. Superkubokni Qarshiga olib ketish niyatidamiz. Klubimiz tarixiga yana bir sovrin yozilishini istaymiz",- deydi SHuhrat Toshpo'latov.




Husniddin Aliqulov: - Jamoada ruhiyat alo darajada, deb ayta olaman. Ertaga g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
Abduvohid Nematov: - Boshlanayotgan yangi mavsum bilan hammani tabriklayman. Biz bu o'yinga yuz foiz tayyormiz. Ertaga ikki jamoa uchun ham tarixiy uchrashuv bo'ladi. Superkubokda 2016 yil zafar quchgan edik. Ertaga ham g'alaba qozonib ortga sovrin bilan qaytishga harakat qilamiz.



- Ro'ziqul Berdievga birinchi navbatda shifo tilaymiz. Bosh murabbiyning yo'q ekanligi jamoaga qay darajada tasir qilishi mumkin?
- Savolingizni tushundim. Yaxshi bilasizlar, Ro'ziqul aka jarohat sabab yaqinda jarroxlik amaliyotini o'tkazdilar. Deylik, "Surxon" bilan nazorat o'yini kuni operaciyadan ikki soatdan so'ng qo'ng'iroq qilib o'z maslahatlarini berib turdilar. Hozirda tiklanish jarayonini o'tkazmoqdalar. Lekin, nazariy mashg'ulotlarda va boshqa ishlarda maydonga chiqmasalarda o'z tavsiyalarini berib turibdilar. Yigitlar buni his qilgan holda ertaga ikki hissa ko'proq kuch bilan o'ynashadi, degan umiddaman. Ro'ziqul akaning betob ekanligi futbolchilarga tasir qilmaydi.

- Husniddin Aliqulovga savol: "Paxtakor"ning hujum chizig'ida Eren Derdiyok qolgan. O'tgan mavsumdagi Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev kabi futbolchilarni o'rnini boshqa ijrochilar egallagan. Bu tayyorgarlik jarayonida rejalarni o'zgartirib yubormadimi?
- Murabbiyimiz Ro'ziqul aka kimga qarshi qanday o'ynash kerakligini aytib o'tganlar.



- SHuhrat Toshpo'latovga savol: Jamoaning markaziy poziciyasidagi ikki futbolchi boshqa klublarga yo'l oldi. Bular SHarof Muhiddinov va Dilshod Rahmatullaev. Islom Kenjaboev o'rniga Suhrob Nurulloev olindi. Lekin, markazda harakat qiladigan yarim himoyachilarning o'rni to'ldirilmadi. Bu uzoq mavsum davomida pand bermaydimi?
- To'g'ri aytdingiz, tarkibda yo'qotishlar bor. SHunga qaramasdan zaxiramizda yosh futbolchilarimiz bor. O'quv-mashg'ulot yig'inida ularga o'yin amaliyoti taqdim qilib asta-sekin asosiy tarkibga jalb qilyapmiz. Yoshlar nazorat uchrashuvlarida o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishdi. Ularning o'rnini bosadigan yoshlar chiqadi. O'ylaymanki, bu holat pand bermaydi.



- Jamoa penaltilar seriyasiga tayyormi?
Abduvohid Nematov:
- Ha, mashg'ulotlar yakunida buning ustida ishladik. Bunga tayyormiz.
SHuhrat Toshpo'latov - Mashg'ulotlarda penaltilar seriyasiga tayyorlandik.

- SHuhrat Toshpo'latovga savol: O'yindan oldin "Paxtakor"ning qaysi chizig'idan havf kutyapsiz?
- Raqib safida hujum chizig'ida yo'qotishlar borligini bilamiz. Statisktikaga qaraydigan bo'lsa o'tgan mavsumda jamoaning yarim gollarini Masharipov, Sergeev, Hamdamovlar urishdi. "Paxtakor" bosh murabbiyi bundan avval SHota Arveldaze bilan birga ishlagan. SHu bois ularning o'yin uslubida katta o'zgarish bo'lmaydi. Bu jamoa doim hujumkor o'yin ko'rsatadi. "Paxtakor"ni jiddiy o'rganib chiqdik. Kuchli va kuchiz tomonlaridan xabardormiz.



Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика