So’nggi yangiliklar

15:16Суперлига. ОКМК - "Олимпик": Асосий таркиблар маълум  0 15:15ОФК Чемпионлар лигаси-2. 4-турдан сўнг ғарбий минтақадаги ҳолат  1 14:54ОФК Чемпионлар Лигаси-2. "Чонбук Моторс" - "Селангор": Умар Эшмуродов асосий таркибда  0 14:44"Бетис" "Барселона" ҳимоячисига қизиқмоқда  1 14:19"Локомотив" сўнгги бор Самарқандда "Динамо"ни қачон ютган?  0 13:56"Барселона" XX асрда қайд этган ажойиб бир натижасини яхшилади   1 13:27Артета: "Футболчиларим билан фахрланаман"  1 12:25"Олимпик" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин   2 12:18U-20 Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан ўйнайди  15 12:04U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонга аввалги мусобақаларда гуруҳда қайси терма жамоалар рақиб бўлган?  3 11:51Луис Энрике: "Натижа адолатли бўлмади. Биз "Атлетико"дан кучлироқ эдик"  4 11:30Катанец нега айнан Адҳамзодани чақирди?  33 11:10Ришарлисон жароҳат сабаб "Тоттенхэм"нинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади  0 10:45"Манчестер Сити" захира дарвозабони Ортега илк бор Германия термасидан чақирув олди  1 10:24Суперлига. Абрамов бугун собиқ жамоасига қарши, "Олимпик" Олмалиқда меҳмон   0

Superkubok-2022. Slavche Voyneski: "Men uchun eng muhim narsa birinchi bo'lish!" Yangiliklar

Superkubok-2022. Slavche Voyneski: "Men uchun eng muhim narsa birinchi bo'lish!"

O'zbekiston Superkubogi-2022 doirasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanida dastlab Slavche Voyneski va "Paxtakor" vakillari qatnashishdi.

Bosh murabbiyga Oliver SHarkich va Sardor Rashidov hamrohlik qilishdi.

"Xayrli kech. Bizni oldinda qiziqarli o'yin kutib turibdi. Bu bahs oxirgi ikki oy davomida amalga oshirgan ishlarimizni mevasini berishi kerak", - dedi Slavche Voyneski.  

"Nasaf" bilan o'yinga murabbiy aytganidek ikki oy tayyorlandik. O'Tgan yilgidek Superkubokni qo'lga kiritib, muxlislarni xursand qilamiz deb o'ylayman", - dedi Sardor Rashidov.

"Uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayapmiz, murabbiy aytganidek yig'inda amaga oshirgan ishlarimizni barchaga namoyish etish fursati keldi", - dedi Oliver SHarkich.



- "Paxtakor"dagi ilk rasmiy uchrashuvingiz Superkubok bilan boshlanishi bosim yuklamayaptimi?
- Superkubok va bitta o'yindan iborat final uchrashuvlari har qanday murabbiy uchun og'ir bo'ladi. Ammo bu bizga hech qanday bosim yuklayotgani yo'q. Bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik va ertangi bahsga tayyorgarlik ko'rdik.

- "Paxtakor"da himoya chizig'i deyarli to'liq yangilandi. Yangi himoyachilar jamoaga qo'shilib ketishdimi?
- To'g'ri aytdingiz, himoya chizig'ida yangilanishlarni amalga oshirishimiz kerakligini ko'rdik. Ularni nazorat uchrashuvlarida sinab ko'rdik va ertangi rasmiy bahsda bu futbolchilar yanada kuchli o'ynashlarini kutaman.

- Bu erga kelishingizdan oldin o'zbek futboli haqida nimalarni bilardingiz va kimlarni tanir edingiz?
- Sal boshqacharoq javob beraman. Bungacha o'zbekistonlik yaxshi futbolchilar borligini bilardim, bu erga kelganimdan keyin bu fikrimga to'liq amin bo'ldim. Mahalliy yaxshi saviyadagi futbolchilar terma jamoaga ham yordam beradi deb o'ylayman.




- "Nasaf" muxlislari "Al Jayish" safida urgan golingiz uchun sizni "yaxshi ko'rishadi". Bu jamoaga qarshi o'ynash qanday ahamiyat kasb etadi?
Sardor Rashidov:
- To'g'risi "Nasaf" jamoasi menga yoqadi. Muxlislari stadionda evropacha muhitni shakllantirishadi. Ertaga qiziq o'yin bo'ladi. "Paxtakor" muxlislarini o'tgan yilgidek xursand qilmoqchimiz.

- Yanvar oyida "Paxtakor"ga kelganingizdan keyin men yoshlar bilan ko'proq ishlagaman va shunday davom etadi degandingiz. Ammo jamoaga tajribali futbolchilar kelishdi...
- To'g'ri shunday deganman. Lekin bir jihatga etibor berish kerak, yoshlarni asosiy tarkibga qo'shish shoshma shosharlik bilan amalga oshirilmaydi. Bunga biroz vaqt kerak bo'ladi.

- SHerzod Temirovning jamoani tark etishi rejalaringizga qanchalik tasir qildi?
- CHindan ham Temirov jamoani tark etishi arafasida ekanini tasdiqlay olaman. Uning "Paxtakor"ni tark etishi albatta tasir qiladi, ammo tarkibimizda yaxshi futbolchilar bor. Bazan futbolchi uchun ketish va yangi bosqichga chiqish foydali bo'ladi.




- "Paxtakor"ga Angliyadan futbolchi kelmoqda deyilganida ko'plab muxlislar bu xabarni boshqacha qabul qilishdi. Ularning talablariga tayyormisiz?
Oliver SHarkich: - "Paxtakor"ga jiddiy va katta maqsadlar bilan kelganman. Mendan ko'p narsa kutishayotganini bilaman. SHu sababli bor kuchim bilan jamoa g'alabalariga hissa qo'shishga intilaman.

- Bunga qadar CHeran jamoada penalti tepardi, Turkiyadagi yig'inda SHarkich penalti tepdi. Ertaga penalti bo'lsa kim tepadi?
- Bu sir. Balki penalti bo'lsa uni Rashidov tepar (kuladi).

- Turkiyada turlicha tarkiblar bilan o'yinlar o'tkazdinglar. Ertangi asosiy tarkibni aniqlab oldingizmi?
- Har qanday jamoada 13-14 nafar futbolchi asosiy tarkibda tushishga tayyor bo'ladi. Bizda ham shunday. Yakuniy 11talikni ertaga aniqlaymiz.

- CHeran markaziy hujumchi sifatida o'ynasa, Oliver SHarkich hujumchi ortida o'ynay oladimi?
- Buni hatto meni xotinim ham bilmaydi (kuladi).




- "Nasaf"ga va uning murabbiyiga ertaga o'ziga xos syurprizlar tayyorlab qo'yganmisiz?
- Odatda raqib murabbiylari haqida fikr bildirmayman. Ammo "Nasaf" chindan ham juda shakllangan va mahoratli futbolchilarga ega. SHuning uchun ham ularga qarshi o'yin qiyin bo'ladi.

- SHota Arveladze boshlab bergan gegemonlikni siz ham davom ettirasizmi? Rahbariyat oldingizga qanday vazifa qo'ygan.
- Har qanday murabbiyda o'z o'yin uslubi bor. Menda ham shunday. Oldingi murabbiy va hozirgi davrni solishtirish noto'g'ri deb o'ylayman. Men uchun eng muhim narsa birinchi bo'lish! Ikkinchi emas, birinchi!

- Superkubok bahsi bo'ladigan stadion haqida nima deya olasiz?
- Maydon holati yomon emas, yaxshi darajada. Hozircha O'zbekistondagi boshqa stadionlarni ko'rganim yo'q, "O'zbekiston" stadioni ertangi bahsga yanada tayyor bo'ladi deb o'ylayman.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика