"Milan" jamoa etakchilaridan biri bilan shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirdi Yangiliklar

"Milan" jamoa etakchilaridan biri bilan shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirdi

"Milan" va Tijani Reynders shartnomani uzaytirdi.

26 yoshli yarim himoyachining klub bilan tuzgan yangi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Malum qilinishicha, yangi shartnoma bo'yicha Reyndersning maoshi 1,7 mln evrodan 3,5 mln evrogacha oshadi.

Reynders 2023 yilning yozidan beri "Milan" sharafini himoya qilmoqda. Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 26 ta o'yinda 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика