Futzal. O'zbekiston kubogi. Ikkinchi davra bahslari Jizzax va Andijonda o'tkaziladi
04 mar 15:51
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston kubogi. Ikkinchi davra bahslari Jizzax va Andijonda o'tkaziladi
Birinchi davra bellashuvlariga Farg'ona va Toshkent shahri mezbonlik qilishi haqida xabar bergandik.
Futzalni yurtimiz bo'ylab ommalashtirish maqsadida O'zbekiston kubogi va chempionati uchrashuvlarini turli viloyatlarda o'tkazish rejalashtirilgan. Aynan shu jihatni inobatga olgan holda ikkinchi davra bahslari manzili ham tanlab olindi. Navbatdagi bellashuvlar Jizzax va Andijon viloyatlarida tashkillashtiriladi.
Jumladan, "A" va "B" guruhi ikkinchi davra o'yinlari Jizzaxdagi "Futbol mahorat maktabi" zalida bo'lib o'tsa, "C" va "D" kvartetlari uchrashuvlari Andijondagi "Universal" sport kompleksida bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar