"Real" Aleks Skott uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2026, 18:05
"Real" "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skottni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Manbaning yozishicha, Ispaniya klubi vakillari Angliya terma jamoasining Rieka shahrida Xorvatiyaga qarshi kechgan bahsida (7:0) stadionda bo'lishgan. O'sha o'yinda 23 yoshli Skott milliy terma jamoa safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Tashrifning asosiy sabablaridan biri aynan u bo'lgan.

"Real" futbolchini kamida 3 marta shaxsan kuzatgan, jumladan "Bornmut"ning Yevropa Ligasi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi safar uchrashuvida ham.

Skott transfer poygasida peshqadam bo'lib turgan "Chelsi"ning uzoq muddatli nishoni hisoblanadi, shuningdek, "Liverpul" ham unga jiddiy qiziqishni saqlab qolmoqda. Biroq "Bornmut" o'z poziciyasida qatiy: klub futbolchini 2027 yilning yanvarida qo'yib yubormoqchi emas va unga yangi shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda.

"Real"dan tashqari, Skottni "Milan" ham kuzatib bormoqda, ammo italiyaliklar so'ralayotgan qariyb 90 million evrolik narx moliyaviy imkoniyatlaridan ancha yuqori ekanini tushunib turishibdi. "Bornmut" o'zining eng qimmatli futbolchilaridan birini saqlab qolish niyatida, biroq unga bo'lgan qiziqish tobora ortib borayotgani 2027 yilning yozida transfer amalga oshishiga olib kelishi mumkin.

Skott 2023 yilning avgustidan buyon "Bornmut" safida to'p tepib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Xavbek 2025/26 yilgi mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk