So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Ana xolos! Superliga 1-turida klublar asosiy futbolchilarini maydonga tushira olmasligi mumkin Yangiliklar

Ana xolos! Superliga 1-turida klublar asosiy futbolchilarini maydonga tushira olmasligi mumkin

O'zPFL Superliga klublarini reglamentning 11.7-bandi bo'yicha ogohlantirdi.

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 11.7-bandi quyidagicha bayon qilingan: 

Musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi licenziya hujjatlari rasmiylashtirilganidan so'ng licenziyalar klubning vakolatli vakiliga uning imzosi bilan tasdiqlangan shaxsiy masuliyati ostida quyidagi shartlarda taqdim etiladi: 

- reglamentning 10.18-bandida qayd etilgan texnologiya bilan ishlash huquqini beruvchi licenziya mavsum yakuniga qadar sotib olinganligini isbotlovchi hujjat Ligaga topshirilganda; 

- videotahlillar asosida futbolchining rasmiy uchrashuvlardagi statistik ko'rsatkichlari haqida malumot beruvchi markazlashtirilgan kompaniya bilan tuzilgan shartnoma Ligaga topshirilganda. Mazkur hujjatlarsiz klub 2002 yil va undan katta yoshdagi futbolchi licenziyasiga ega chiqa olmaydi.

Liga mazkur bandni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 5887-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida reglamentga kiritgan bo'lib, u bosqichma-bosqich qatiylashtirib kelindi. Xususan, o'tgan mavsum mazkur band ijrosini amalga oshirishda qator klublar Ligaga yolg'on malumot taqdim etgani malum bo'ldi va ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi. 

Joriy mavsumda ham shunday holat kuzatilmasligi uchun reglamentga yuqoridagi ko'rinishda o'zgartirish kiritilayotgani o'tgan yilning dekabr oyidayoq Superliga klublariga malum qilindi. Liga mutaxassislari o'tgan uch oy davomida mazkur masala va muzokaralarda klublarga amaliy yordam ko'rsatdi. Shunga qaramay, ayrim klublar hozirga qadar tegishli licenziyalarni Liga ro'yxatidan o'tkazgani yo'q. 

Shundan kelib chiqib, Superliga ilk turida biror klub maydonga faqatgina 2003 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar bilan chiqib kelsa, Liga mazkur jamoaga katta yoshli futbolchilar licenziyasini taqdim etmagan bo'ladi. Umid qilamizki, futbol muxlislari bu kabi holatlarni to'g'ri qabul qiladi va o'z jamoasi rahbariyatidan professionallikni talab qiladi", – deyiladi PFL bayonotida.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика