So’nggi yangiliklar

02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  3 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2

Sunnatillo Ermatov: "Jamoamizning bor etibori Superliga yo'llanmasiga qaratilgan" Yangiliklar

Sunnatillo Ermatov: "Jamoamizning bor etibori Superliga yo'llanmasiga qaratilgan"

Xabaringiz bor, ayni damda PRO-Liga o'yinlari vaqtincha to'xtatilgan. Yuzaga kelgan tanaffus vaqtida saytimiz muxbirlari mazkur chempionat ishtirokchi jamoalari azolari bilan intervyular tashkil etishmoqda.

Quyida Yaypanning "Turon" klubi tajribali yarim himoyachisi Sunnatillo Ermatov bilan o'tkazilgan intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

- Sunnatillo, futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?

- Futbolga bolaligimdan qiziqardim, o'shandayoq kelajakda futbolchi bo'lishni orzu qilardim. 7 yoshligimda onam Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi futbol maktabiga olib borgandilar. SHundan beri futbol bilan shug'ullanib kelayapman.

- Bugunga qadar qaysi jamoalar safida o'ynagansiz?

- Hozirga qadar "Metallurg", "Obod", "Neftchi", “Andijon”, "Cementchi" jamoalarida o'ynadim. Ayni damda "Turon"daman. Bu erda futbolchilarga yaratilgan sharoitlar alo darajada, mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga umid qilaman.

- "Turon" klubiga kelib qo'shilishingiz qanday yuz berdi?

- "Turon"ga meni jamoamiz posboni Akmal Ortiqov tavsiya qilgan. Kelib ko'rikdan o'tdim, o'yinlarim murabbiylarga maqul keldi va sharnoma tuzdik. Yuqorida aytganimdek, bu klubda yaratilgan sharoit meni qoniqtirmoqda.



- Bilamiz, siz hujumkor yarim himoyachisiz. Bu ampulada avvaldan o'ynab kelasizmi?

- Futbolga dastlab kirib kelganimdayoq shu poziciyaga moslashganman. Jamoada o'ynaydigan nuqtam o'zimga maqul keladi, boshqa ampulada o'zimni sinab ko'rmaganman.

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida qaysi o'yin eng yorqin va esda qolgan uchrashuv bo'lgan?

- Ha, bunday uchrashuv bo'lgan. "Metallurg" safidagi debyut uchrashuvimni yaxshi xotirlayman. Bilasizmi, o'shanda "So'g'diyona"ga qarshi o'ynagandik va men ilk o'yinimdayoq gol urishga muvaffaq bo'lgandim.

- Sizningcha, ayni damda PRO-Liganing eng kuchli futbolchisi kim?
- SHaxsiy fikrimcha, PRO-Ligada ishtirok etayotgan futbolchilar orasida "Neftchi"ning tajribali yarim himoyachisi Mansur Saidov eng kuchlisi deb o'ylayman. Unga qarshi o'ynash har doim oson bo'lmagan, bundan tashqari futbolda ulkan tajribasi bor.

- Xuddi shu savolni O'zbekistonda deb so'rasakchi?

- SHubhasiz terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov hozirgi kunda eng kuchlisi.



- Futbolda yaqin do'stlaringiz bormi? Qaysi futbolchilar bilan yaqin do'stsiz?

- Futbolda do'stlarim ko'p, qaysi jamoada o'ynasam futbolchilar bilan tez chiqishib ketaman. "Turon"da ham barcha futbolchilar bilan munosabatimiz alo darajada.

- Qaysi xorij klublariga muxlislik qilasiz?

- Kataloniyaning "Barselona" klubi muxlisiman va o'yinlarini muntazam kuzatib boraman.

- Kelajakdagi maqsadlaringiz va muxlislarga tilaklaringiz...
- Yaqin kelajakdagi maqsadim "Turon" bilan Superligiga yo'llanmasiga ega chiqish. Hozirgi kunda jamoamizning bor etibori ana shu maqsadga qaratilgan.
Jamoamiz muxlislariga har doim bizni qo'llab-quvvatlashdan charchamasliklarini tilayman, biz hamisha ular uchun maydonga chiqamiz. Nasib bo'lsa mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini birgalikda nishonlaymiz.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика