Sulsher "Taxtlar o'yini" seriali aktyoriga sovg'a topshirdi
26 fev 2019 10:30
Yangiliklar


Sulsher "Taxtlar o'yini" seriali aktyoriga sovg'a topshirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher "Taxtlar o'yini" serialida Jon Snou rolini ijro etayotgan aktyor Kit Xaringtonga klub futbolkasini sovg'a qildi.
Xarington "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi APLning 27-tur o'yinini stadionda tomosha qildi va bahsdan so'ng Sulsher bilan uchrashdi. Xarington orqasiga "SHimol Qiroli" yozuvi tushirilgan 1-raqamli futbolkani oldi.
"Bir qiroldan ikkinchisiga sovg'a" - deyiladi MYU "Tvitteri"dagi xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar