Sulsher "Taxtlar o'yini" seriali aktyoriga sovg'a topshirdi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2019, 10:30
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher "Taxtlar o'yini" serialida Jon Snou rolini ijro etayotgan aktyor Kit Xaringtonga klub futbolkasini sovg'a qildi.

Xarington "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi APLning 27-tur o'yinini stadionda tomosha qildi va bahsdan so'ng Sulsher bilan uchrashdi. Xarington orqasiga "Shimol Qiroli" yozuvi tushirilgan 1-raqamli futbolkani oldi.

"Bir qiroldan ikkinchisiga sovg'a" - deyiladi MYU "Tvitteri"dagi xabarda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com