Paragvay senatori Mbappe haqida: "Francuz bo'lib ko'rinayotgan kibrli kamerunlik"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2026, 21:05
Paragvay senatori Selesta Amarilya JCH-2026 1/8 finalida Paragvay terma jamoasi Fransiyadan mag'lub bo'lgach, Kilian Mbappe manziliga keskin tanqidiy tvitlar yozdi.

Fransiya Mbappe penaltidan kiritgan gol evaziga Paragvayni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

"Francuz bo'lib ko'rinishga urinayotgan mustamlakachilikka uchragan kamerunlik. Kibrli, boyib ketgan va xunuk. U butun o'yin davomida asabiylashdi va butun jamoasi kabi o'lim darajasida qo'rqdi, ular birorta ham gol ura olmadi va tasodifan g'alaba qozonishdi.

Ko'pchilik Paragvay terma jamoasiga qo'yadigan yagona ayblov – o'yindan keyin hech kim uni omma oldida shapaloq bilan urmaganidir. Bu futbolni unchalik yoqtirmasam ham shunday.

Yigit hatto yozishni ham o'rganmagan, ona suti o'rniga kokos suti ichgan va u eshitgan eng talim olganlar shimpanzelar bo'lgan. Orlando Xil unga o'rta barmog'ini ko'rsatishi kerak edi", – deb yozdi Amarilya Tvittyerda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://x.com/i/status/2073560377535684779