Ronaldo Braziliyaning JCH-2026 dagi muvaffaqiyatsizligida aybdor nomini aytdi

6 iyul 2026, 18:20
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldo Braziliya terma jamoasi JCH-2026 dan chiqib ketganidan keyin jamoa ustozi Karlo Anchelottini tanqid qildi.

Yakshanba kuni braziliyaliklar 1/8 finalda Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Karlo Anchelotti - futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri, ammo bugun u juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Men haliyam tushuna olmayapman, nima uchun Joao Pedro Jahon chempionati tarkibiga kiritilmadi. U ajoyib mavsumni o'tkazdi, yaxshi sport formasida edi va Braziliyaga boshqacha uslub taklif qila oladigan hujumchi kerak edi", - dedi Ronaldo.

"Yana bir savol Endrik borasida. U maydonga tushgan har safar o'zining g'ayrati, tajovuzkorligi va kutilmagan harakatlarini namoyish etdi. Shunga qaramay, u Jahon chempionatining katta qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazdi".

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com