

Ayniqsa, pley-off bosqichi futbol ixlosmandlariga chinakam shiddat va bir qator sensatsiyalarni taqdim qildi. Xususan, amaldagi chempion Argentina-Kabo-Verde jamoalari o'rtasidagi o'yin o'zining murosasiz kurashi, gollar shousi va metin irodasi bilan boshqa bahslardan ajralib turdi. Ayniqsa, butun dunyo futbol sahnasida ertak yozayotgan Kabo-Verdening 90 daqiqa va yana qo'shimcha daqiqalarda ham xarakter ko'rsatishi barchani hayajonda ushlab turdi. Saytimiz fotografi Jahongir Fayzullayev mazkur bellashuvda bir qator qiziqarli suratlarni tarixga muxrladi.

Aftidan o'yindan oldin ko'pchilik Argentinaning yirik hisobdagi g'alabasini taxmin qilgan edi. O'yin suratidan kelib chiqib aytish mumkinki, Skaloni shogirdlari ekonom rejimda o'ynay boshlashdi va tempni ko'tarishga shoshilishmadi, birinchi bo'lib hisobni ochishdi.

Vozinya Jahon chempionatining kashfiyot futbolchilaridan biri bo'ldi deb bemalol ayta olamiz. Kiper 40 yoshda mundialda barchani o'ziga qarata oldi. Avval uning instagramdagi obunachilari soni 10 minga ham etmasdi. Endilikda Vozinyaning instagram sahifasida 25 milliondan oshiq obunachisi bor.

Lopes Kabralning ekstra-taymlarda urgan golidan keyingi xursandchiligi. 2002 yilda tug'ilgan 23 yoshli futbolchi Turkiyaning “Trobzonspor” klubida o'ynaydi. Aslida Niderlandiyada tug'ilgan, faoliyatini “Tvente” klubida boshlagan.

Bu inson Kabo-Verde bosh murabbiyi Bubishta. 56 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatida o'z mamlakatidan tashqariga chiqmagan, ichki chempionat klublarida ishlagan. Mazkur mundialdan so'ng Bubishta nomini yaxshi eslab qoladigan bo'ldik.

Argentina bosh murabbiy Lionel Skalonining o'yinda amalga oshirgan o'zgarishlari, zaxira almashtirishlari evaziga 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Aynan ekstra-taymlarda u shogirdlarini uyg'ota oldi. 2:2 dan keyin ham g'alabaga undadi.

Lionel Messi shu kuni darvozaga qulay nuqtada jarima zarbasini amalga oshirdi. Tashqaridan bu yerda argentinalik oson gol uradigandek edi. Ammo raqib posboni Vozinya bunga yo'l qo'ymadi. Messi shu kuni bahsni to'liq o'tkazdi.

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionatida foydalanilayotgan to'p “Trionda”ga qo'l qo'yib tomoshabinga bermoqda. Uning ortida Arsen Venger bahsni diqqat bilan kuzatib turibdi.

Deroy Duarte Kabo-Verde hali taslim bo'lmaganini goli bilan isbotladi. U hisobni tenglashtirgan vaziyat.

Emiliano Martines oxirgi daqiqalarda Lopes Kabralning kuchli va aniq zarbasini qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. Aks holda Martines penaltilar seriyasiga tayyorlanishiga to'g'ri kelardi.

Lautaro Martinesda shu kuni deyarli hech narsa o'xshagani yo'q. Skaloni uni ikkinchi bo'limda zaxiraga oldi.

Jahon chempionati uchrashuvlari bo'lib o'tayotgan stadionlar har bir o'yinda muxlislar bilan to'lmoqda. “Xard Rok Stedium”dan Argentina navbatdagi bosqich chiptasiga ega chiqdi.

Lionel Messi 9 ta assist bilan Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylanib oldi. Bu mundialda ham u 6 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarmoqda.

Garchi o'yinda Kabo-Vyerda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, ularning ishqibozlari o'z suyuklilarini qahramonlardek tan olishlari shubhasiz.
Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”, “Ucell”, “TT LLC”, “Black Cofee”, “OfoTour”



