Sulsher: “Ronaldu aqlbovar qilmas futbolchi”
03 noy 2021 09:00
Yangiliklar
Sulsher: “Ronaldu aqlbovar qilmas futbolchi”
“Og'ir o'yin, ikkala jamoa ham hujumda o'ynadi. O'ylashimizcha, ilk golda ofsayd bor edi, De Xeaning ko'rish imkoniyatini to'sib qo'yishdi, ammo Ronaldu shunchaki aqlbovar qilmas futbolchi. Agar bir lahzada, qiyin holatda qandaydir vaziyat paydo bo'lsa, unda bu unga tegishli. SHunchaki daxshat.
Bu futbol. Hech kim bu futbolchilarning xarakteriga shubha bilan qaray olmaydi, chunki ular hech qachon engilmaydi. Ular bosim o'tkazishda davom etadi. Bizga o'zgarishlar kerak edi va ular ish berdi.
Gol esa jamoaviy shakllandi, uzatmalar orqali ajoyib o'yin, oxirgi vaziyatdan oldin besh yoki olti to'p oshirish.
Hech kim gol o'tkazib yuborishni reja qilmaydi. Menimcha, bu ofsayd. De Xea odatda bunday to'plarni ushlab olardi. “Atalanta” jismonan kuchli ko'rindi, ularga qarshi o'ynash qiyin”, deydi Sulsher.
Fikrlar