Ederson mish-mishlarga chek qo'ydi
27 iyu 11:50
Yangiliklar


Ederson mish-mishlarga chek qo'ydi
"Manchester Siti" darvozaboni Ederson ushbu transfer oynasida jamoani tark etmoqchi emasligini aytdi.
Uning so'zlarini jurnalist Fabricio Romano keltirgan.
"Mening kelajagim "Manchester Siti" bilan bog'langan. Men bu yozda klubni tark etmayman", – dedi Ederson.
Avvalroq OAV "shaharliklar" braziliyalik futbolchini sotish haqida o'ylayotgani va u Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Ederson o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38 o'yin o'tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar