"Stad de Frans" PSJ o'yinlarini qabul qilishga tayyor Yangiliklar

"Stad de Frans" PSJ o'yinlarini qabul qilishga tayyor

"Stad de Frans"ni boshqaradigan VINCI Concessions kompaniyasi prezidenti Per Koppi PSJ o'yinlarini o'tkazishga tayyorligini aytdi.

"Biz PSJga o'ttiz yildan beri "Stad de Frans"da o'ynashni taklif qilmoqdamiz. Ammo rahbariyat va muxlislar har doim ularga bu qiziq emasligini aytib kelgan", – dedi Koppi.

Avvalroq PSJ rahbariyati uy stadionini rekonstrukciya qilish va arena sig'imini oshirishga tayyorligi xabar qilingandi. Biroq Parij klubi stadionni to'liq nazoratga olgan taqdirdagina qurilishga sarmoya kiritishga tayyorligini aytib, 40 millionlik taklif bilan chiqqan. Franciya klubi Evro-2016 uchun mo'ljallangan stadionni rekonstrukciya qilishga 85 million evro sarmoya kiritgan. Klub arenani 30 yilga ijaraga olgan. Parij meri Ann Idalgo "Park de Prens" stadioni PSJga sotilmasligini takidlab o'tgan.

PSJ 19-turdan so'ng 47 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика