"Spartak" Sobolevni "Krilya"dan sotib olishga qaror qildi
30 apr 2020 13:13
Yangiliklar


"Spartak" Sobolevni "Krilya"dan sotib olishga qaror qildi
"Spartak" jamoada 2019/20 yilgi mavsumning so'nggiga qadar ijarada o'ynaydigan hujumchi Aleksandr Sobolevni "Krilya Sovetov"dan sotib olishga qaror qildi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda. Forvardning harakatlari klub xo'jayini Leonid Fedun, bosh direktor Tomas Corn va bosh murabbiy Domeniko Tedeskoga maqul kelmoqda. Ularning fikricha, Sobolevga jamoaga yaxshi moslashib ketdi va uning Samara klubidan olib kelinishi mutlaqo o'zini oqladi.
Jurnalist Sergey Egorovning malumotiga ko'ra, Sobolevning ijara narxi 500 ming evroni tashkil etgan. Xarid qilish huquqi esa 4,5 million evro etib belgilangan.
Sobolev joriy mavsum 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar