Aleksandr Xomyakov: "Kelinglar, savollarni qisqa qilamiz va bayram nishonlaymiz"
25 sen 23:12
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Kelinglar, savollarni qisqa qilamiz va bayram nishonlaymiz"
- O'yin haqida fikringiz?
- Kelinglar, savollarni qisqa qilamiz va bayram nishonlaymiz. Bu g'alaba avvalo jamoaniki. Chunki men yaqinda keldim va "Buxoro" men kelgunimga qadar katta yo'lni bosib o'tgandi. Avvaliga guruhdan chiqdi, keyin chorak finaldan o'tdi. Bugungi bahsda ham maksimum kuchni berdik. Men qo'lga kiritilgan g'alaba va Kubok finaliga chiqqanimiz uchun jamoadagi barchaga rahmat aytaman. "Buxoro" menga ikkinchi bor finalda o'ynash imkonini berdi va bundan juda xursandman. Og'ir uchrashuvni o'tkazdik. Qo'shimcha taymlarda o'ynadik, lekin taslim bo'lmadik.
- Bugun zaxiradan tushgan yosh futbolchi Nodirbek Ahmadjonov supergol urib jamoani finalga olib chiqdi.
- Qo'lga kiritilgan muhim g'alabada barchaning hissasi bor. Biz uchrashuv qaydnomasiga kimlarni kiritgan bo'lsak, hamma yordam berdi. Men uchun asosiy tarkibda tushgan o'yinchi bilan zaxiradan qo'shilgan futbolchi bir xil. Hammaga imkon beramiz. Kim gol urishining farqi yo'q, asosiy g'alaba. Albatta, Nodirjon uchun xursandman. U chindan ham juda chiroyli to'p kiritdi. O'yinga tezda kirishib ketdi, o'ziga ishonch bilan zarba berdi. Hammaga rahmat, endi bayram qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar
6та у'йинда ютк,азди хатто биринчи лига жамоаси К,арши унверситети га ютк,азиб кубокдан чик,,иб кетди у'зи айтди мени бушатинглар деб кегин бошлик,лар рахмат айтиб жавобини беришди
ooo