"Spartak" sobiq himoyachisi, Nagaev, Ismatullaev va Pavlenko "Metallurg" mashg'ulotlarida
15 jan 2021 21:08
Yangiliklar


"Spartak" sobiq himoyachisi, Nagaev, Ismatullaev va Pavlenko "Metallurg" mashg'ulotlarida
Bekobodning "Metallurg" klubi yangi mavsumga tayyorgalikni davom ettirmoqda.
Jamoa safida o'tgan yil Tailandning "Buriram" klubida o'ynagan Akbar Ismatullaev, "So'g'diyona"da to'p tepgan Ivan Nagaev va "Mashal"ni tark etgan Nikita Pavlenko kabi futbolchilar shug'ullanishmoqda. Bu haqda klub bosh murabbiyi "Futbol Taym" ko'rsatuvida aytib o'tdi.
Bundan tashqari Andrey SHipilov boshchiligidagi jamoa mashg'ulotlarida rossiyalik himoyachi Evgeniy Makeev ham paydo bo'ldi. 1989 yilda tug'ilgan futbolchi 2007-2017 yillar davomida Moskvaning "Spartak" klubida 165ta o'yinda maydonga tushgan. U 2020 yilgi mavsumni Rossiyaning 3-divizionida ishtrok etgan "Rosich" klubida o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar