So’nggi yangiliklar

01:05АПЛ. "Арсенал" — "Тоттенхэм" (онлайн ҳисоб)  5 01:00Испания кубоги. "Барселона" — "Бетис" (онлайн ҳисоб)  9 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:34"Бавария" — "Хоффенхайм". Сане, Мюллер ва Кейн асосий таркибда  1 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  7 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  10 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  9 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  5

Sog'liqni saqlash vazirligi: O'zbekistonda ilk bor Doctors community cup – Tashkent – 2019 xalqaro turniri o'tkaziladi Yangiliklar

Sog'liqni saqlash vazirligi: O'zbekistonda ilk bor Doctors community cup – Tashkent – 2019 xalqaro turniri o'tkaziladi

Ushbu turnir Sog'liqni saqlash vazirligi hamda O'zbekiston sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan o'tkazilmoqda.

Aytish mumkinki, yurtimiz shifokorlari o'rtasida futbol, ayniqsa, eng ommalashgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning futbol bo'yicha shifokorlar terma jamoasi bir necha yillardan beri futbol bo'yicha shifokorlar jamoalari o'rtasida o'tkazib kelinadigan Jahon chempionatida ham muvaffaqqiyatli qatnashib keladi. 2018 yildan boshlab Sog'liqni saqlash vazirligi va O'zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasi homiylikni o'z zimmasiga olib, moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlayotgani jamoani yanada ruhlantirmoqda.




Bu haqda joriy yilning 25 – 30 mart kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va Ukraina shifokorlarining futbol jamoalari ishtirokida o'tadigan “Doctors Community Cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o'tildi.



Malumki, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yil mart oyi boshidan buyon haftaning har shanbasida Respublika yurish kuni, Respublika yurish marofoni kabi ommaviy tadbirlar ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Mazkur xalqaro turnir ham ushbu say-harakatlarning uzviy davomidir. Yani, sog'liqni saqlash muassasalari tibbiyot xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, shifokorlar o'rtasida millionlar o'yini bo'lgan futbolni ommalashtirish, dunyo hamjamiyati shifokorlari o'rtasida yurtimiz shifokorlarining obro'si va imidjini oshirish, chet ellik shifokorlarga yurtimizning diqqatga sazovor joylari va turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Doctors Community Cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri tashkil etilmoqda.



Musobaqa reglamentiga asosan, o'yinlarda 25 yoshdan katta bo'lgan, mutaxassisligi va fuqaroligidan qati nazar, shifokorlik diplomiga ega bo'lgan xodimlar ishtirok etadi. Turnirda O'zbekiston terma jamoasidan tashqari Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Belorus, Ukraina terma jamoalari o'zaro raqobatlashadi. Bundan tashqari, turnirga Franciyada joylashgan Jahon sog'liqni saqlash xodimlari Olimpiya o'yinlari associaciyasi vakili Giyom Gassend ham taklif etilgan.

Aytish joizki, Rossiya jamoasi 40 va undan katta yoshdagi shifokorloar bilan yurtimizga tashrif buyuradi. SHu sababli ham mazkur yosh toifasida O'zbekiston-2 terma jamoasi ham ishtirok etadi. SHu tariqa nufuzli musobaqada jami 8 ta jamoa qatnashadi.



Eslatib o'tamiz, musobaqaning tantanali ochilish va qura tashlash marosimi 25 mart kuni bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Belorus va Ukraina jamoalari 2 ta guruhga bo'lingan holda o'zaro kurashadi. O'yinlar 11.00 va 14.00da poytaxtimizdagi “Milliy ” va “Jar” stadionlarida o'tkaziladi. Rossiya va O'zbekiston-2 terma jamoalari esa guruh bahslarida ishtirok etmaydi. 29 mart kuni Pley-Off o'yinlari, 30 mart kuni musobaqaning g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. Turnirning tantanali yopilish marosimi soat 17.00 da bo'lib o'tadi.



Tadbir doirasida “Tibbiyot va sportda innovaciyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham o'tkazilishi va unda tibbiyotning dolzarb masalalari bo'yicha shifokorlarning o'zaro tajriba va fikr almashishi ko'zda tutilgan. SHuningdek, mehmon jamoalarning Samarqand shahriga sayohatini tashkil qilish orqali ularga yurtimizning turistik salohiyati va imkoniyatlarini keng namoyish qilish rejalashtirilgan.

Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga masullar tomonidan batafsil javob berildi.


Sog'liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика