So’nggi yangiliklar

11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  0 10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9

"So'g'diyona" safida besh nafar yangi futbolchi bor Yangiliklar

"So'g'diyona" safida besh nafar yangi futbolchi bor

Teglar :  So'g'diyona
Aleksandr Mochinov qo'l ostida “So'g'diyona” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Jizzaxda davom ettirmoqda.

O'tgan mavsumda O'zbekiston kubogi uchrashuvlari  doirasida  “Orol”  jamoasi safida “So'g'diyona”ga  qarshi o'ynagan hamda ushbu jamoaga  bosh murabbiy  bo'lib  ishlagan Temur Turdiev endilikda Aleksandr Mochinovga yordamchi murabbiy vazifasini bajaradi. Mashg'ulotlar zamonaviy va qiziqarli tarzda olib borilmoqda. Ertalabki mashg'ulot futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan bo'lsa, kechki mashg'ulotda futbolchilar qo'proq to'p bilan mashqlar bajarishadi.

“Metallurg” jamoasi azolari Doniyor Odilov va Dilmurod Karimov, “Neftchi” hujumchisi Otabek Haydarov, “Obod”dan Obid Hakimov va Farhod Mirahmatov kabi yangi futbolchilar mashg'ulotlarda faol ishtirok etmoqda. “Dinamo” jamoasidan kelgan himoyachi SHoxrux Holmatov xorij klubidan taklif olganligi sababli "So'g'diyona" lagerini tark etdi.

O'tgan masumda esda qolarli harakatlari bilan jizzaxlik muxlislar mehrini qozongan Ixtiyor Toshpo'latov yana “So'g'diyona”da.

SHuningdek, SHirinboy Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, SHerzod Jalilov, SHoxrux Dostonov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Sardor Eminov, Sardor Qulmatov bilan shartnoma muddati uzaytirildi.

Mashg'ulotlar xozircha Jizzaxda davom etmoqda . Belgilangan rejaga ko'ra yig'inning ikkinchi yarmi Toshkentda davom ettiriladi.Toshkentdagi yig'in davomida  bir qancha jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan hamda bir nechta futbolchilarning kelishi kutilmoqda. Ular haqida keyinroq rasmiy manbalarimiz orqali batafsil malumot beramiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика