“So'g'diyona” kecha o'zgacha mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2018, 09:20
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbolni rivojlantirish borasida ko'plab loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda.

Kecha“So'g'diyona” stadionida “So'g'diyona” futbolchilari jismoniy holatlarini qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida Finlyandiyada ishlab chiqarilgan “Polar” qo'rilmasi yordamida sinov-mashg'ulotlarni o'tkazishdi.

Ushbu qo'rilma mashg'ulotlar davomida futbolchilarning yurak urishini kuzatib borish uchun qo'llaniladi. Bu maxsus apparat O'zbekistonda bir necha yillar davomida qo'llanilib kelinadi. Afsuski, hamma jamoalar ham undan  foydalanmaydi. Bu apparatning xususiyatlari shundaki, u murabbiyga mashg'ulot paytida futbolchi qanday pulsda o'ynayotgani haqida aniq ma'lumot beradi. Mashg'ulotlardan so'ng yordamchi murabbiy maxsus apparatdan ma'lumotlarni o'z kompyuteriga yuklab oladi va shu tariqa futbolchi qanday yuklamada harakat qilganini bilib oladi. Natijaga qarab Keyingi mashg'ulotda u futbolchiga individual mashg'ulot rejalashtiradi.

Qisqacha qilib aytganda bu apparat murabbiyga mashg'ulotlarning intensivligini hamda keyingi mashg'ulotlarni qay tartibda rejalashtirish mumkin ekanligi haqida ma'lumot to'plashga yordam beradi. Bu esa futbolchilarning doimo optimal holatda bo'lishlarini taminlashi mumkin. “Bazi murabbiylar bu kabi mashg'ulotlarni olib borishmaydi va ko'pincha ular o'z ichki hissiyotlariga tayanishadi. Bu esa ularga pand berishi mumkin. Bu kabi dachchiklardan murabbiylar foydalanishsa o'yinga futbolchilarni to'g'ri tartibda optimal formaga olib kelish va mashg'ulotlarni to'g'ri rejalashtirish imkonini beradi”-deydi O'FA  ilmiy-uslubiy boshqarma boshlig'i  Shamil Isaev. Ma'lumot o'rnida aytish joizki, ushbu sinov mashg'ulotlarni O'FA ilmiy-uslubiy boshqarma mutaxassislari kuzatib borishdi va o'z tavsiyalarini berdilar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати