"So'g'diyona" ikki futbolchi bilan 2026 yil oxirigacha shartnomani uzaytirdi. Qizig'i ikkalasining ismi ham Samandar
17 jan 13:29
Yangiliklar
"So'g'diyona" ikki futbolchi bilan 2026 yil oxirigacha shartnomani uzaytirdi. Qizig'i ikkalasining ismi ham Samandar
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirmoqda.
Bugun klub matbuot xizmati ikki nafar yosh futbolchi hujumchi Samandar Mavlonqulov va himoyachi Samandar Sindorov bilan shartnomalar 2026 yil oxiriga qadar uzaytirilganini elon qildi.
Malumot uchun, Mavlonqulov 2023 yilgi mavsum "So'g'diyona" safida Superligada 16ta o'yinda 4ta gol urishga erishgandi. Sindorov esa 7ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Samandar Mavlonqulov
Samandar Sindorov
Fikrlar