"So'g'diyona" bugundan mashg'ulotlarga kirishadi
04 jan 2023 17:19
Yangiliklar
"Xabaringiz bor, "So'g'diyona" asosiy jamoasi dekabr oyining so'ngiga qadar mashg'ulotlarning birinchi bosqichini o'tkazib, qisqa tatilga chiqqan edi.
Yorqin Nazarov boshchiligidagi "So'g'diyona" bugun, 4 yanvardan boshlab mashg'ulotlarni Toshkentda davom ettiradi.
Toshkentdagi mashg'ulotlar davomida bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazish, shuningdek, yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan", – deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Jizzax jamoasi bir qator futbolchilar – Vitaliy Denisov, Luka CHermel, Sardor Qulmatov, SHahboz Jo'rabekov va SHohruz Norxonov bilan xayrlashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar