So’nggi yangiliklar

01:39"Пахтакор" устунликка эга бўлган, аммо якунда "Ал Райян" ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 01:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Ғарбий минтақада 4-турдан кейинги ҳолат  0 01:18ЕЧЛ. "Реал" ва "Милан" ўзаро баҳс олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  5 01:15ЕЧЛ. "Ливерпуль" – "Байер" ва бошқа учрашувлар давом этмоқда (онлайн ҳисоб)  31 01:00Элит ОЧЛ. "Ал Насср" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади. Роналдудан гол  23 00:55Аргентина термасининг ЖЧ-2026 саралаш ўйинлари учун қайдномасини эълон қилинди  4 00:35Элит ОЧЛ. Назаровнинг хатоси "Пахтакор"га қимматга тушди  3 00:25АПЛ грандлари "Барселона"нинг 21 ёшли иқтидорига қизиқиб қолишди  10 23:56Юнус Али: "Пахтакор" биринчи бўлимнинг ўзидаёқ интригани йўқ қилиши мумкин эди, аммо..."  6 23:12Камолиддин Тожиев: "Ҳаводан узатилган тўп дарвозамизга кириб кетди. Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  29 22:18Суперлига. "Навбаҳор" – "Пахтакор" ва 24-турнинг бошқа учрашувларида қайси ҳакамлар ишлаши аниқ  9 21:50"Қизилқум" ўйинчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди" – Суперлига 23-туридаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси эълон қилинди  1 21:15Расман: Крестинин бошчилигидаги "Локомотив" мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  5 20:57ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" узоқ масофадан ўтказиб юборилган гол туфайли ўз майдонида "Ал Райян"га ютқазди  206 20:32Расман: "Бухоро" Суперлига йўлланмасини нақд қилди!  16

Sobolevning istiqboli, APLda muvaffaqiyatli to'p tepgan Navbahor ustozi va boshqalar haqida Yangiliklar

Sobolevning istiqboli, APLda muvaffaqiyatli to'p tepgan Navbahor ustozi va boshqalar haqida

Rus futbolchilarining mahalliy klublardagi iliq joylarini bo'shatib, evrofutbol ufqini zabt etish maqsadida kuchli birinchiliklarga yo'l olishlari masalasi so'nggi yillarda rus futbolida eng ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan kundalik masalalardan biriga aylandi.

Ammo bu erda ruslarning «Ko'hna Qita»da o'ynash ishtiyoqida yonmayotgani emas, balki, u erda Rossiyalik futbolchilarga bo'lgan talabning mavjud emasligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ruslarning Evropaga qilgan so'nggi «Buyuk ko'chishlari» Gus Xiddink boshchiligidagi terma jamoaning EVRO-2008 musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin amalga oshirilgandi. Rossiya mezbonligidagi mundialning chorak finaliga chiqilgach, o'sha «ko'chish»larning yangi to'lqini ro'y beradigandek ko'ringandi. Biroq, aslida, faqat Aleksandr Golovin «Monako»ga ko'chib o'tdi, xolos. Ustiga-ustak, mazkur transferga nisbatan «muvaffaqiyatli», degan sifatni ishlatolmaymiz. CHunki «monegasklar» qatorasiga ikkinchi yildirki, musobaqa jadvalining quyi qismida autsayderlar bilan «yoqalashib yuribdi».

Bugungi kunda RPL to'purarligi uchun hamyurtimiz Eldor SHomurodov bilan jiddiy kurash olib borayotgan «Krilya Sovetov» klubi hujumchisi Aleksandr Sobolevga «Tumanli Albion» grandlaridan qiziqish bildirilayotgani haqida mish-mishlar yuribdi. Emishki, «Krilya Sovetov»ning «Sochi»ga qarshi uchrashuvini «Arsenal» (Tula emas, London klubi) skautlari kuzatgan. Eslatib o'tamiz, o'sha bahsda Sobolevning dubli jamoasiga g'alaba keltirgandi. Mavsum avvalida esa 22 yoshli hujumchining «MYU»ning transfer nishoniga tushib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Darhaqiqat, hujumchi bu mavsum RPLda ajoyib o'yin namoyish etmoqda. U nafaqat gol uradi, bu ishni mohirona bajarishdan tashqari, jamoadoshlariga imkoniyat yaratib berishda ham muvaffaqiyatli o'ynamoqda. U RPLning 12 ta o'yinida 10 ta gol urgani holda to'purarlar jadvalida SHomurodov bilan birgalikda qo'shhokimlik qilmoqda. Hamyurtimizning ham Manchester shahriga yo'l olishi mumkinligi haqidagi xabarlar borligini inobatga olsak, ular o'rtasidagi kurash mavsum so'ngida «avjiga chiqsa» kerak. Zero, hozir «qizil iblislar»ga ham shu ikkovidan biri etishmayotgan bo'lsa, ne ajab!

Endi, mavsum yakunida amalga oshishi mumkin bo'lgan taxminlarni bir chetga surib, APLda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishni uddalay olgan kam sonli rus futbolchilari haqida so'z yuritamiz.


Andrey Kanchelskis (MYU/ «Everton» / MS / «Sautgempton» — 1991-2003).

So'zni bizning kamtarona futbolimizga ham begona bo'lmagan Andrey Kanchelskisdan boshlasak. Andrey Antanasovich rus futbolining ingliz diyori tomon yo'l olgan ilk uchirmasi hisoblanadi. U Angliyaning 4 klubida faoliyat yuritgan hisoblanadi. Kanchelskisning asosiy yutuqlari «Manchester YU.» nomi bilan bevosita bog'liq. Ser Aleks Fergyusonning afsonaviy jamoasida bir necha yil davomida o'ng qanot yarim himoyasining almashtirib bo'lmas vakili bo'lgan Andrey 1991/95 yillarda jamoa bilan 5 ta kubok yutdi. SHu jumladan, ikki karra mamlakat chempioni bo'ldi. Qizil libosda o'tkazgan 123 o'yinida 47 marta gol urdi. Bu yarim himoyachi uchun ajoyib natija hisoblanadi. SHu tariqa u o'z nomini «qizil iblislar»ning muhtasham tarixiga yozdirib qo'yishni uddaladi.  

Keyingi manzil – «Everton». Makur klub sharafini 60 uchrashuvda himoya qilgan futbolchi raqiblarini 22 marta ranjitishni uddalagan. Andrey «Everton» tarixiga kirishni ham uddalagan. U «Enfild»da o'tkaziladigan derbilarda «Liverpul»ni o'z dubli bilan ranjitgan klub tarixidagi yagona o'yinchi hisoblanadi. 

«Everton»dan keyin, yana APLning ikki klubida to'p surdi. Ammo faoliyatining so'nggi yillarini o'tkazayotgan futbolchi bir nechtadan o'yinga tushish bilan kifoyalangan. Rus futbolida o'z o'rniga ega bo'la olgan Andrey Kanchelskis bugungi kunda Namanganning «Navbahor» klubiga ustozlik qilayotganidan xabaringiz bor.


Andrey Arshavin («Arsenal» 2009-2013).

Endi boshqa bir Andrey haqida gaplashimiz. Ajablanarlisi shundaki, Arshavinni ham «Liverpul» muxlislari yaxshi eslab qolishgan. Ular Arshavin nomini eshtishlari bilan bir seskanib qo'yadilar. Albatta, «Enfild»da poker qayd etish baxti har kimga ham nasib qilavermaydi. Arsenalga o'tish Arshavin uchun tramplin vazifasini o'tagan va futbolchi yangi darajaga ko'tarilib,  terma jamoa uchun ham ancha foyda keltirgandi. Andrey Arshavin «to'pchilar» safida 31 ta gol urib, 38 golga hammualliflik qildi. Buning uchun unga 144 o'yin kifoya bo'ldi. Londondagi so'nggi mavsumida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagach, «Zenit»ga qaytishga qaror qildi. Futbolchilik faoliyatini eda 2018 yilda yakunladi. Uning so'nggi jamoasi Qozog'istonning «Qayrat» jamoasi bo'ldi.


Roman Pavlyuchenko («Tottenxem» — 2008-2012).

Pavlyuchenkoning Angliyadagi faoliyati unchalik muvaffaqiyatli bo'lmasada, u APLdagi eng muvaffaqiyatli ruslardan biriga aylana oldi. Moskvaning «Spartak» klubi safidagi qator ajoyib mavsumlar va Evro-2008dagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng, Roman Londonning «Tottenxem» klubi safiga borib qo'shildi. Hujumchi «shporlar» safiga zudlik bilan moslashib ketolmadi, aksar hollarda o'yinni zahira o'rindig'ida boshlardi. Ammo kubok o'yinlarida Roman klubning asosiy o'yinchisiga aylana oldi. APL doirasidagi o'yinlarda zahiradan maydonga tushgan vaqtida ham jamoaga doimiy ravishda foyda keltira olardi. SHu tufayli ham unga «uyqudagi gigant» laqabi berilgan (gollandiyalik mutaxassis Gus Xiddink tomonidan). Angliyada o'tkazgan 4 mavsumida stabil ravishda gol urishni uddalayotgandi (111 o'yin, 44 gol – shundan 21 tasi APL doirasida kiritilgan). Ammo oxirgi mavsumida bor-yo'g'i 4 ta gol kiritishni uddalagan hujumchi 2012 yilda Moskvaning «Lokomotiv» klubi tarkibiga borib qo'shildi.


Dmitriy Xarin («CHelsi» — 1992-1997).

To'qsoninchi yillarda rus darvozabonlari Evropani egallashdi. Ammo ular orasida Dmitriy Xarin ajralib turadi. CHunki u APL tarixidagi yagona rus darvozaboni hisoblanadi. O'zgacha soch turmagi sohibi faqat APLda o'ynabgina qolmay, ko'p yillar mobaynida «aristokratlar»ning asosiy darvozaboni vazifasini ham bajardi. «CHelsi» tarkibida 100dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan darvozabon Angliya kubogi, Kubok egalari Kubogi va Evropa superkubogida zafar quchdi. Londondan SHotlandiyaning «Seltik» klubi safiga o'tgan Dmitriy 2004 yilda butsalarini mixga ildi va murabbiylik faoliyatini boshladi.


Aleksey Smertin («CHelsi» / «Portsmut» / «CHarlton» / «Fulxem» — 2003-2008).

Agar Arshavin va Pavlyuchenko Evro-2008 musobaqasidan keyin APLga yo'l olgan bo'lishsa, bu paytda Smertin APLdan ketib ulgurgandi. Uning Angliyadagi faoliyatini muvaffaqiyatli, deb atash mushkul. Ammo boshlanishi juda istiqbolli edi. 2003 yilda «aristokratlar» tomonidan xarid qilinib, darhol «Portsmut» klubiga ijaraga berildi. Aleksey u erda shartsiz asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Kamtarona jamoaning musobaqa jadvali ekvatoridan o'rin egallashida ulkan hissa qo'shdi va «CHelsi»ga qaytdi. Keyingi mavsumni «aristokratlar» safida o'tkazib chempionlikni tantana qildi. Ammo Smertin asosiy tarkibda deyarli ko'rinmadi. Bunga sabab jamoda uning muqobili vazifasini Klod Makelele o'tayotgani edi. Futbolchi keying ikki mavsumni «Fulxem» safida o'tkazdi. U APLda jami 82 o'yin o'tkazdi va 2 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. 


Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика