Soat 15:00da CHempionlar Ligasi 1/4 va 1/2 finallari uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi
10 iyu 2020 13:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580178_original.jpg)
![](/upload/storage/580178_220.jpg)
Soat 15:00da CHempionlar Ligasi 1/4 va 1/2 finallari uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi
O'yinlarning nominal mezbonlarini aniqlash uchun 1/4 va 1/2 final o'yinlari uchun qura tashlanadi.
Qura Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.
"Atalanta", "Atletiko", PSJ va "RB Leypcig" klublari 1/4 finalga yo'l olishgan.
1/8 final doirasida quyidagi o'yinlar qolgan: "Barselona" - "Napoli" (birinchi o'yin - 1:1), "Yuventus" - "Lion" (birinchi o'yin - 0:1), "Bavariya" - "CHelsi" (birinchi o'yin - 3:0) va "Manchester Siti" - "Real" (birinchi o'yin - 2:1).
1/8 finalning qolgan o'yinlari 7-8 avgust kunlari mezbon jamoalarning stadionlari (muxlislarsiz)da bo'lib o'tadi.
1/4 final bosqichidan boshlab esa CHempionlar Ligasi o'yinlari Lissabonda "final sakkizligi" shaklida bo'lib o'tadi.
CHorak final o'yinlari 12-15 avgust, yarim final o'yinlari esa 18-19 avgust kunlari bitta o'yin formatida bo'lib o'tadi. Final esa 23 avgust kuniga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar