So’nggi yangiliklar

00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  8 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  3 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  6 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  14 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3

Sneyderga ega bo'lgan "Al Garafa" oltinchi marta "Paxtakor"ga qarshi Yangiliklar

Sneyderga ega bo'lgan "Al Garafa" oltinchi marta "Paxtakor"ga qarshi

Teglar :  Al GarafaPaxtakor
Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida Toshkentning "Paxtakor" klubi Qatarning "Al Garafa" klubi mehmoni bo'ladi.

"SHerlar"ning raqibi haqida o'quvchlarimizga malumot beramiz.

1979 yil tashkil etilgan klub dastlab "Al Ittihod" deb nomlanar edi. 2004 yilda "Al Garafa" deb o'zgartirilgan. Klub Doxa shahrida joylashgan klub
Qatar yuqori divizioni - Yulduzlar ligasida qatnashadi. Jamoa o'tgan mavsum chempionatni 5-o'rinda tugatdi. Undan tepada bo'lgan ikki klub "Al Jayish" va "Lahviya" birlashtirib "Al Duhayil"ga aylantirilgani uchun "Al Garafa"da 2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida o'ynash imkoniyati paydo bo'ldi.  

Tarkibda yulduz o'yinchilardan Uesli Sneyder (Gollandiya) va Mehdi Taremi (Eron) bor.

Gollandiyalik Uesli Sneyder faoliyati davomida "Ayaks", "Real Madrid", "Inter", "Galatasaroy" va "Nicca" kabi klublarda o'ynagan. 2017 yil dekabr oyi so'nggida Qatarga ko'chib o'tdi. U Gollandiya terma jamoasi safida 133ta o'yin o'tkazib 31ta gol urgan. 2010 yil terma jamoasi safida Jahon chempionati finaliga qadar etib borgan. O'sha yili "Inter" bilan Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lgan. Gollandiya, Ispaniya, Italiya va Turkiya chempioni bo'lgan.


25 yoshli Mehdi Taremi ayni paytda Eron terma jamoasining eng asosiy hujumchilaridan biri hisoblanadi. Terma jamoa safida 22ta o'yin o'tkazib 10ta gol urgan. Faoliyati davomida "SHahin Bushehr", "Iranjavan" va "Persepolis" kabi klublarda o'ynagan. SHu yilning 8 yanvar kuni "Garafa" bilan shartnoma 18 oylik tuzdi. Hujumchi Eron chempioni, Eron Superkubogi sohibi. 2016 va 2017 yillarda Eronning eng yaxshi futbolchisi, Eron chempionatining eng yaxshi futbolchisi, Eron chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan.

14 turdan keyin jamoa 17 ochko bilan 6-pog'onani egallab turibdi. So'nggi oxirgi 8ta o'yinda jamoa bir marta mag'lub bo'ldi va bir marta durang o'ynadi. Qolgan o'yinlarda g'alaba qozondi. "Al Garafa" "Paxtakor" bilan o'yindan oldin 25 yanvar kuni o'z uyida "Al Sadd"ga 0:4 hisobida yutqazdi.

“AL GARAFA” SPORT KLUBI
Laqabi:
“Gepardlar”
Tashkil etilgan sana: 1979 yil 6 iyun (oldingi nomi "Al Ittihod", 2004 yildan "Al Garafa")
Stadioni: “Tani bin Jassim”, 21175 tomoshabinga mo'ljallangan
Klub xo'jayini: Hamad bin Tamer
Bosh murabbiyi: Bulent Uygun (Turkiya)
Sovrinlari: Qatar chempioni (7 marta), Qatar Amiri kubogi (7 marta), Qatar SHaxzoda kubogi (3 marta), Qatar Yulduzlar Kubogi (2 marta), Arab Kubok egalari kubogi (1 marta).

"Al Garafa" o'z tarixida 8 marta Osiyo chempionlar ligasida o'ynagan.

2002-2003 yilgi mavsumda jamoa pley-off bosqichida aynan "Paxtakor" bilan o'ynab ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:6 hisobida (4:3 va 0:3) yutqazib guruh bosqichiga chiqa olmagandi.

2006 yilda "Garafa" birinchi marta OCHL guruh bosqichida ishtirok etgandi. Debyut omadsiz chiqib jamoa 2tagina g'alabaga erishib guruhda oxirgi o'rinni band etgandi.

2008 yilda esa jamoa guruh bosqichida umuman g'alaba qozona olmadi - 2ta durang va 4ta mag'lubiyat. O'sha yil "gepardlar" "Paxtakor" bilan bir guruhdan o'rin olib o'z uyida 2:2 hisobida durang o'ynab, Toshkentda 0:2 hisobida yutqazgandi.


Keyingi mavsum ham Qatar klubi Osiyo chempionlar ligasini guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'lgandi.

2010 yilda "Al Garafa" o'z tarixida OCHLdagi eng yaxshi natijasini qayd etgandi. O'sha mavsum qatarliklar guruhda birinchi o'rinni egallab (4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat) 1/8 finalga chiqqandi. Ushbu bosqichda jamoa "Paxtakor" bilan to'qnash kelgandi. Bitta o'yindan pley-off uchrashuvi Qatarda o'tgan va unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchgandi. CHorak finalda esa "Garafa" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga safarda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. O'z uyida 4:2 hisobidagi g'alaba yarim finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi.

2011 va 2012 yillarda "Al Garafa" uchun yana guruh bosqichi so'nggi manzil bo'ldi.

2013 yil jamoa guruhda ikkinchi o'rin bilan nimchorak finalga chiqishga erishdi. Biroq bu bosqichda Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubiga ikkala o'yinda ham yutqazib (1:2 va 0:3) musobaqani tark etdi.

"Al Garafa" 2014-2017 yillarda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmadi.

SHu yilning 4 yanvar kuni franciyalik Jan Fernandes o'rniga turkiyalik Bulent Uygun bosh murabbiy etib tayinlandi. 1971 yilda tug'ilgan murabbiy futbolchilik davrida Turkiya terma jamoasi safida 18ta o'yin o'tkazib 7ta gol urgan. Uygun murabbiylik faoliyatini 2005 yil boshlagan. Bugunga qadar Turkiyada "Sivasspor", "Bukaspor", "Eskishaharspor", "Elazigspor" va "Gaziantepspor" klublarida ishlagan. 2013-2016 yillarda u Qatarda "Umm Salal" klubini boshqargandi. O'shanda o'zbekistonlik Sanjar Tursunov "Umm Salal" safida o'ynar edi.

Bulent UYGUN
Tug'ilgan sanasi: 
01.09.1971
Tug'ilgan joyi: Sakarya, Turkiya
Futbolchilikdagi ampluasi: Hujumchi
O'ynagan jamoalari: 1989-1993 "Kochaelispor", 1993-1996 "Fenerbaxche", 1996-1998 "Kochaelispor", 1998-1999 "Dardanelspor", 1999-2000 "Trabzonspor", 2000-2001 "Go'ztepe", 2001-2002 "Sivasspor", 2002-2004 "Uskudar"
 Turkiya terma jamoasida 1992–1996 yillarda 18 uchrashuvda 7 gol urgan.
Boshqargan jamoalari: 2005-2009 "Sivasspor", 2010 "Bukaspor", 2010-2011 "Eskishahirspor", 2012 "Elazigspor", 2013 "Gaziantepspor", 2013-2016 "Umm Salal", 2017 "Gaziantepspor". 2018 yil 4 yanvaridan "Al Garafa" bosh murabbiyi.


SHu kunga qadar "Al Garafa" hamda "Paxtakor" besh marta to'qnash kelishgan. Barcha o'yinlar Osiyo CHempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan. 2002 yil 3-saralash raundida Doxada 3:4 hisobida mag'lub bo'lgan "sherlar" Toshkentda raqibni 3:0 hisobida dog'da qoldirishgan. 2008 yil guruh bosqichida esa safarda 2:2 natijasi qayd etilgan. Toshkentda "Paxtakor" yana raqibdan kuchliroq ekanini isbotlagan - 2:0.

Oxirgi bellashuv 2010 yil nimchorak finalda o'tkazilgan. O'shanda "Garafa" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Hozircha o'zaro to'qnashuvlarda 2 g'alaba, 1 durang hamda 2 mag'lubiyat kuzatilgan. Gollar urish bo'yicha ustunlik biz tomonda, 10-7.

"Paxtakor" Qatar klublariga qarshi jami 13 uchrashuva maydonga tushgan. Ularda 5 g'alaba, 4 durang va 4 mag'lubiyat qayd etilgan. Raqiblar darvozasiga 20 to'p kiritilib, 16 gol o'tkazib yuborilgan.

"Al Garafa"ning tarkibi

Darvozabonlar

Qosim Burhon
Yusuf Hassan
Abdulaziz Ali

Himoyachilar
Said El Xaj
Tamim Al Muhizea
Al Mahdi Ali Muxtor
Rubert Kuixada (Venesuela)
Yusuf Mufta
Tamir Jamol (Sudan)
Muhammad Ramazon
Hassan Valid
Abdurahmon Al Rashidi
Eliyas Ahmad

Yarim himoyachilar

Fuhaid Al SHammari
Uesli Sneyder (Gollandiya)
Otman Al Yahri
Abdulg'ani Munir
Qahtan Al Sulaiti
Amr Abdulfatoh
Abdulmajid Enad
Monkez Oday
Xolid Abdulrauf
Moayad Hassan
Diogo Amado  (Portugaliya)
Abdulaziz Xotam
Muhammad Aba SHaar
Muhammad Abo SHanab

Hujumchilar

Mehdi Taremi (Eron)
Odil Ahmad
Ahmad Alaeldin
Andri Syaxputra (Indoneziya)



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика