Skoulz WhatsApp orqali ishdan ketdi
15 mar 2019 15:46
Yangiliklar


Skoulz WhatsApp orqali ishdan ketdi
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Oldxem Atletik"ni tark etayotganida klub rahbariyati bilan bog'lanmagan ekan.
Malumotlarga ko'ra, mutaxassis o'zining jamoada ketishi haqida klubning WhatsApp messenjeridagi guruhiga yozgan.
Keyinroq Skoulz klub kelishuvga amal qilmagani uchun klubni tark etgani haqida aytdi.
11 fevral kuni Skoulz jamoa ustozi sifatida ommaga tanishtirilgan edi. Mutaxassis "Oldxem" bosh murabbiyi sifatida 5ta uchrashuv o'tkazib, ularning 3tasida mag'lubiyatga uchradi va 2ta durang qayd etdi. Ayni damda "Oldxem" Angliyaning to'rtinchi darajali chempionati turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar