Skoulz: "CHelsi" - MYU o'yinida bir tomchi ham sifatni ko'rmadim"
02 mar 2021 10:51
Yangiliklar
Skoulz: "CHelsi" - MYU o'yinida bir tomchi ham sifatni ko'rmadim"
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi Pol Skoulz "CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning APL 26-turi doirasidagi o'yinga qo'ygan bahosiga qo'shilmaydi.
O'yin nursiz, 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O'yindan so'ng Tuxel "bu ikki juda kuchli jamoalar o'rtasidagi sifatli o'yin bo'ldi" degandi.
"Tuxel bu yuqori darajadagi sifatli o'yin deb aytayotganda, o'zi iPad'da boshqa o'yinni ko'rgan deb o'ylayman. Men bir tomchi sifatni ham ko'rmadim.
Maydonda sifatli o'yinchilar bor edi, ammo meni noto'g'ri tushunmang, ulardan kim buni isbotladi?", - deydi Skoulz.
Tomas Tuxel jamoasi APLda 5-o'rin, MYU esa 2-o'rinda ketmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar