Skolari istefoga chiqishini malum qildi
12 iyu 2014 15:32
Yangiliklar
Skolari istefoga chiqishini malum qildi
Bugun JCH-2014 bronza medali sohibini aniqlab beruvchi Braziliya – Gollandiya uchrashuvi Luis Felipe Skolari uchun “pentakampeonlar” bosh murabbiylik postidagi so'nggi o'yin bo'lishi aytilmoqda.
“Mening Braziliya terma jamoasidagi faoliyatim Gollandiyaga qarshi kechadigan o'yindan so'ng yakunlanadi. O'tgan vaqt mobaynida terma jamoa bilan turli sinovlardan birgalikda o'tdik. Bu bir umrga mening qalbimda qoladi. Hozir bor etiborimni 3-o'rin uchun kechadigan o'yinga qaratganman.
Oldimda turgan eng muhim vazifa futbolchilarni o'yinga ruhiy jihatdan tayyorlay olishdir. Keyin nima bo'ladi? Barcha masalani federaciya rahbariyati hal qiladi. Lekin bir yarim yillik faoliyatim davomida eslashga arzigulik yutuqlar ham bo'ldi.
Afsuski, o'z yurtimizda chempion bo'lish orzusi amalga oshmadi. Orzularimiz chil-parchin bo'ldi. Endi hech bo'lmaganda bronza medalini qo'lga kiritishimiz kerak”, - dedi Skolari.

Fikrlar