So’nggi yangiliklar

11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  0 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  10 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  3 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  2 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:40Никола Лазаревич: "Рақибимизда мураббий алмашгач, ўйин услуби ўзгариб жамоа иккита ўйинда 12 та гол уришга эришди"  2 09:12“Локомотив“ “Олимпик“ни ишончли тарзда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:46Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 08:20“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди  8 07:55Сергей Лушчан: "Бизга гол урилган вазиятда Азим Аҳмедовга нисбатан қоида бузилган эди. Саволларни ҳакамларга бериш керак, менга эмас"  1 07:27Суперлига. Бугун 10-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  8 06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  3 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  5 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  36 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  6

Sizni aqldan ozdirishi mumkin bo'lgan sharhlovchilarning shpargalkalari (2-qism) Yangiliklar

Sizni aqldan ozdirishi mumkin bo'lgan sharhlovchilarning shpargalkalari (2-qism)

"Eight by Eight" jurnali ingliz sharhlovchilari Nik Barns va Arlo Uaytning juda g'alati shaprgalkalarini suratga oldi.

Kecha sizga Nik Barns va uning shpargalkalari haqida so'zlab ergan edik.

Arlo Uayt, NBC Sports


Garderobida tulki rasmi tushirilgan bo'yinbog'lar borligidan uni Lesterda tug'ilganini tushunish mumkin. "Olti yoshimda g'ichirlagan ovozim bilan "Lester" - "Derbi" uchrashuvini sharhlaginim saqlanib qolgan ekan, o'shanda "Lester" g'alaba qozongan, Gari Lineker esa xet-trik qayd etgan" - deydi u.

25 yoshida plastik savdosidan charchagan Uayt, BBC Radio Derbyga qo'ng'iroq qiladi va Angliyaning to'rtinchi darajali divizionidagi uchrashuvlarni sharhlashga ruhsat oladi. Birinchi ikki uchrashuvda u tekinga ishladi. Keyingisi uchun 20 funt oldi, uchrashuvga kelayotganida tezlikni oshirgani uchun 50 funt jarimaga tushgan edi.

2001 yilda u BBCda ishlashni boshladi, keyin esa futbol, kriket va Superbol bo'yicha jahon chempionatlarining uchrashuvlarini sharhlay boshladi. 2012 yilda NBCga o'tgan Uayt, bir yildan so'ng premer-liga ovoziga aylanadi.

Arlo o'yinga tayyorlanishda har bir o'yinchi malumotini yozib qo'ygani stikerlardan foydalanadi. Ranglar bilan belgilangan faktlar alohida ahamiyatga ega emas ekan.




Boshlang'ich tarkib aniq bo'lganda, stikerlar qalin qog'oz yoki kartonga yoshiptiriladi. O'zgarishlar bo'lganida, maydonni tark etgan futbolchi ustiga yangi futbolchi stikeri qo'yiladi. Stikerlardan foydalanish ananaga aylanib qolgan. O'yin payti Uayt bu stikerlarga kamdan-kam holatlarda murojaat qiladi va agar uchrashuv xavfli vaziyatlar boy bo'lsa bu malumotlarning 95% ishlatilmay qoladi.



Konor Maknamara, BBC

Nakleykalarning shunga o'xshash turini BBCdagi Konor Maknamara ham ishlatadi.


Jon Motson, BBC

"Barnet" muxlisi, FIFA o'yinlari ovozi, o'z vaqtida ingliz sharhlovchilarining eng jo'rlaridan biri bo'lgan. U 1993/94 yilda UEFA Kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Norvich" va "Bavariya" uchrashuvida ishlagan.

Myunxendagi birinchi o'yin "Norvich"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan va bu uchrashuvda inglizlar fizioterapevti Tim SHeppardning chetlatilgani yodda qolgan. Javob uchrashuvida Tim tribunada Motson bilan o'yinni tomosha qilgan va sharhlovchining qaydnomalariga ega bo'lgan.

To'rt ruchka rangida jamoa tarkiblari yozilgan sahifada futbolchilar haqida malumotlar qayd qilingan.


Qaydlardan:

Kris satton: to'purar, 1992 yildagi o'rtoqlik uchrashuvida "Bavariya"ga ikkita gol urgan

Jeremi Goss: birinchi o'yinda chiroyli gol, Lidsda oy goli, yaxshi mavsum

Myunxenning "Bavariya"si: regbiy klubida shug'ullanishgan, 650 nafar muxlis, Bekkenbauer tongda golf o'ynagan

Kristian Cige: shanba kuni "Kayzerslautern"ga va "Tvente"ga qarshi 2ta o'yinda 3ta gol urgan

Lotar Matteus: 1998 yilda nemislar UEFA Kubogida 0:2 yutqazganda "Inter"da "Bavariya"ga qarshi o'ynagan


Motson tomonidan 2012 yildagi KPR - "Vest Xem" uchrashuvi uchun yozilgan qaydnoma, eBayda 75 funtga sotilyapti.

Bill Maklaren, BBC


Afsonaviy regbi sharhlovchisi Bill Maklaren avtobiografiyasida shunday yozgan: "Qo'limdan kelganicha malumot yig'ishim kerakligini his qilardim. Xatto tanaffusda ham eshituvchilar zerikmasligi lozim.

Maklaren o'yin oldi qaydlarini o'zining sharhlovchiligining bir qismi deb bilar edi. Uning qizini aytishicha, har bir o'yinga tayyorgarlik uchun 40 soat ketgan. 1987 yil, yozda, Yangi Zelandiya va Franciya o'rtasidagi jahon chempionati finali oldidan Maklarenning shpargalkasi shunday ko'rinish olgan.


Salomlashish gapi, futbolchi va hakamlar haqida standart malumot, jamoalarning finalgacha bosib o'tgan yo'li, o'zaro o'yinlar tarixi (18:5 Yangi Zelandiya foydasiga), turnir teleauditoriyasi (900 mln.), ob-havo (so'nggi uch kun sovuq bo'ldi), Tasman dengizining tribunaga nisbatan qanday joylashgani, eng katta vulqon nomi.







Maklaren xatto uchrashuv natijasi qanday bo'lishidan qatiy nazar, reportajni yakunlash uchun bir necha variant tayyorlab qo'ygan bo'lar edi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика