So’nggi yangiliklar

00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 00:05"Лион" — ПСЖ. Кварацхелия, Дембеле ва Барколя асосий таркибда  1 23:47"Кальяри" — "Ювентус". Йилдиз ва Влахович асосий таркибда  0 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

Sinisha Babich: "Turon"da meni iliq kutib olishdi Yangiliklar

Sinisha Babich: "Turon"da meni iliq kutib olishdi

Yaypanning "Turon" klubi 26 yanvar kuni o'z tarkibini Sinisha Babich bilan kuchaytirgan edi.

Rasmiy xabar: "Turon" o'z safiga serbiyalik futbolchini qo'shib oldi

Jamoa matbuot xizmati serbiyalik legioner bilan intervyu tashkil etdi:

- Sinisha, aytingchi "Turon" safiga kelib qo'shilishingiz jarayoni qanday yuz berdi?

- Bilasizmi, men Serbiya chempionatida ko'p yillar o'ynadim. SHuningdek, bir mavsum Greciyada ham o'zimni sinab ko'rdim. Agentim menga qo'ng'iroq qilib Osiyodan o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelayotgan yosh jamoadan taklif borligini aytdi. O'zbekiston chempionatida ko'p do'stlarim bor. SHu sababdan ikkilanishsiz ushbu taklifni qabul qildim. "Turon"ning darajasi juda yuqori ekan. Klubga kelganimdan so'ng men uchun faoliyatimdagi yangi burilish bo'lishi mumkinligini anglab etdim.

- O'zbekiston sizda qanday taasurot qoldirdi? 

- Sizning davlatingiz O'zbekistonda insonlar juda ham mehmondo'st va  mehribonligini ko'rdim. Bundan tashqari taomlaringiz ham juda mazali ekan. "Turon"da meni juda iliq kutib olishdi. Menga bo'lgan munosabat va yaratib berilayotgan sharoit alo darajada. Bizni oldinda juda zo'r mavsum kutib turganiga shubha yo'q. O'zbekiston chempionatida ko'p yillar qolishimga umid qilaman. 

Bilasizmi, yurtingiz menga yoqqanligi tufayli bu erga oilamni ham olib kelmoqchiman. O'ylaymanki,  O'zbekiston ularga ham albatta yoqadi.

 

- Sizning futboldagi kumiringiz (sevimli futbolchisi) kim bo'lgan?

- SHubhasiz Ronaldino. Uning to'p bilan qanday muomala qilishini bolaligimdan kuzatib boraman. Hozir ham bo'sh vaqtimda u ishtirok etgan o'yinlar videotasmalarini ko'rib turaman. Bilasizmi, hamisha uning yuzida tabassum bor va zavqlanib futbol o'ynaydi. Ronaldino maydonda bor bo'lganida futbol jozibali ko'rinadi. Men aynan u bilan bir xil poziciyada harakatlanib o'rganganman. Faoliyatim davomida unga o'xshashga, undan o'rganishga harakat qildim, nasib bo'lsa bundan keyin ham shunday bo'ladi. Bilaman, bu juda qiyin, chunki Ronaldinyu futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Men uchun u hamisha birinchi raqamli bo'lib qoladi. 

- O'zbek futbolining Evropa chempionatlaridan qanday farqini sezdingiz?

- Yurtingizga kelganimga hali ko'p bo'lmadi. Lekin bu erda futbolchilar to'p bilan juda yaxshi muomala qilishlarini ko'rdim. O'zbekistonlik futbolchilar maydonda ko'p yugurishar ekan. Evropacha futbol ko'proq taktik uslublarga asoslangan. Bu erdagi futbolning o'ziga yarasha jozibasi bor, futbolchi gol kiritish uchun qattiq mehnat qilishar ekan. Umid qilaman, "Turon" oldindagi mavsumni juda yaxshi o'tkazadi. Imkon qadar raqiblar darvozasiga ko'proq gol kiritib muxlislarni xursand qilmoqchimiz.

"Turon" futbol klubi matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика