Simone Inzagi Italiya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi Yangiliklar

Simone Inzagi Italiya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi dekabr oyida Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda A Seriya matbuot xizmati xabar berdi.

Dekabr oyida "Inter" uning qo'l ostidagi 5 ta o'yinda g'alaba qozongan.

Malum bo'lishicha, Inzagiga maxsus sovrin A Seriyaning 21-turidan o'rin olgan "Inter" — "Lacio" uchrashuvi oldidan topshiriladi. Ushbu bahs 10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика