Simeonening o'g'li "Marsel"ga o'tishi mumkin
01 iyu 2021 12:47
Yangiliklar
Simeonening o'g'li "Marsel"ga o'tishi mumkin
"Kalyari" hujumchisi Jovanni Simeone "Marsel"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, francuz klubi 25 yoshli argentinalik uchun kurashmoqda. Tomonlar tez orada muzokaralar olib borishadi.
Simeone 2020/21 yilgi mavsum "Kalyari" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Transfermarkt futbolchini 11 mln evroga baholamoqda. Futbolchi "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'lidir.
Fikrlar