Simeone: "Rostov" bilan o'yin - Torresning "Atletiko"dagi eng yaxshi uchrashuvlaridan biri"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2016, 11:21
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Rostov"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvidan so'ng jamoa hujumchisi Fernando Torresni maqtadi.

"To'qqiz ochko "Atletiko" ayni damda juda yaxshi holatda ekanligimizni bildiradi. Markaziy himoyachilarimizning mehnati tufayli raqib maydonida o'ynashga muvaffaq bo'ldik. "Rostov" bilan o'yin - Torresning "Atletiko"dagi eng yaxshi uchrashuvlaridan biri. U har qanday vaziyatda raqibga xavf yaratdi. Shunday davom etsak yaxshi bo'lardi" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca