So’nggi yangiliklar

01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  25 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  46 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  18 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0

SHukur Po'latov: “Ikkinchi davrada muxlislarimizni ko'p xursand qilamiz” Yangiliklar

SHukur Po'latov: “Ikkinchi davrada muxlislarimizni ko'p xursand qilamiz”

Kuni kecha “Neftchi” safida Oliy liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan himoyachi SHukurali Po'latov klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

Futbolchi intervyu davomida Dukent yig'ini va navbatdagi davra borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

– Dukentda ikki mahaldan mashg'ulot olib bordik. Jamoada kayfiyat yaxshi deb aytish mumkin. Yig'in davomida asosan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishladik. Murabbiylarimiz jamoani ikkinchi davraga munosib tayyorlay olishdi deb ayta olaman.

– “Buxoro” jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yin borasidagi fikrlaringiz qanday ?

– Ochig'i, tog'dagi og'ir yuklamali mashqlardan so'ng “Buxoro”ga qarshi o'yinda ishtirok etish qiyin kechdi. Lekin foydali bahs bo'ldi. Sekin-asta o'yin amaliyotimizni tiklab borishga harakat qilyapmiz. Nasib qilsa ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvida “Bunyodkor”ga qarshi o'yinni g'alaba bilan boshlab, o'z muxlislarimizni xursand qilamiz.  To'g'ri davraning boshidagi raqiblarimiz oddiy jamoalar emas. Lekin biz xar bir o'yinda  g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish uchun maydonga chiqamiz. Bu bizning asosiy vazifamizdir.


– Ikkinchi davra avvalida Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev va Sardor Rahmonov kabi futbolchilar jamoa safiga kelib qo'shildi. Bu o'zgarishlar albatta “Neftchi” foydasiga ishlashi aniq. To'g'rimi ?

– Fikringizga qo'shilaman. Sardor Rahmonov hamda Akmal Xolmatovlar o'tgan mavsumlar davomida “Neftchi” sharafini munosib himoya qilib kelishdi. Ularning ortga qaytishi faqat jamoamiz foydasiga ishlaydi. Anvar Berdievda esa tajriba katta. Ularni klubga kelishi to'g'ri qaror bo'ldi.

– Himoyachi bo'lishingizga qaramay, birinchi davraning aksariyat bahslarida gollar urdingiz. Ayniqsa “Metallurg” darvozasiga kiritgan to'pingiz mavsumning eng chiroyli gollaridan biri bo'ldi. Bundan buyog'iga ham sizdan mana shunday chiroyli gollar ko'ramizmi ?


– Albatta xar bir o'yinda murabbiylar, jamoadoshlarim va muxlislarning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Ochig'i, men uchun eng muhimi jamoamizning g'alabalari hisoblanadi. Yarishmayman, ikkinchi davrada muxlislarimizni ko'p xursand qilish niyatidamiz, – dedi SHukurali Po'latov “Neftchi” PFK rasmiy saytiga bergan interyusida.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика