So’nggi yangiliklar

18:14ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга қарши баҳс олиб боришмоқда(LIVE)  2 17:42Расман: Бельгия термаси бош мураббийсиз қолди  3 17:06Расман: Оле-Гуннар Сульшер Туркия чемпионатида иш бошлади!  3 16:48"Реал" хавбеки сафдан чиқди  1 16:20"Ювентус" "Аталанта"нинг бир йўла 3 футболчисини олиб келмоқчи  0 15:42"Сепахон" — "Персеполис". Эрон Суперкубоги учун ўйиннинг таркиблари маълум  1 15:06Интервью. Шерзод Эсанов: "Мақсадим - АПЛ. Унга эришмагунча тўхтамайман"  7 14:49"Бешиктош" Сульшер билан музокаралар бошланганини эълон қилди  0 14:12Кварацхелия Парижда ва яқин вақтларда ПСЖ учун тиббий кўрикдан ўтади  1 13:42Холанд ва "Ман Сити" 2034 йилгача шартнома имзолади, келишув спорт тарихидаги энг йирикларидан бўлди  6 13:10ОКМК БААга йўл олди, рақиблар орасида ЦСКА ҳам бор  2 12:47"Ал Ҳилол" Салаҳга шошириб қўядиган таклиф беришга тайёр  1 12:21Англия Премьер-лигаси тарихидаги осиёлик энг яхши 11 нафар футболчи  13 11:45Қарши давлат университети Лига аъзоси бўлиш учун ариза берди  6 10:48Интервью. Сергей Чигодаев: "Абдуқодир балки ўзимизда қолганида ҳозирги даражага чиқмасди"  5

SHuhrat Rahmonqulov: "JCHda Osiyodan Yaponiya o'zini ko'rsatsa kerak" Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: "JCHda Osiyodan Yaponiya o'zini ko'rsatsa kerak"

JCH oldidan mutaxassislar va futbochilar fikrlarini berishda davom etamiz. Murabbiy SHuhrat Rahmonqulov bilan suhbatlashib u kishining mundial oldi fikrlarini tingladik.
- Afsuski, ushbu mundialda O'zbekiston milliy terma jamoas ishtirok etmaydi. Agarda Braziliyaga borganimizda tabiiyki milliy terma jamoamizga ishqibozlik qilgan bo'lardik. Ochig'ini aytganda, men biror bir terma jamoaga mukkasidan ketib ishqibozlik qilmayman. Lekin mening ham yoqtirgan jamoalarim bor. Germaniya va Argentinaning o'yin uslubi yoqadi. Azaldan ularga ishqibozlik qilib kelganman. Ayniqsa nemislarga Yurgen Klinsman, Lotar Matteus singari futbolchilar o'ynagan paytlardan beri muxlislik qilib kelaman. SHaxsiy fikrim: ushu ikki terma jamoadan biri JCH-2014 g'olibi bo'ladi.

- Osiyo vakillaridan Yaponiya terma jamoasi o'zini ko'rsatadi deb o'ylayman. Qolgan jamoalar haqida unday deyish qiyin. Janubiy Koreyaning bugungi xolati ham yaxshi emasdek.

- Biror bir jamoani kashfiyot bo'ladi deb ko'rsatish qiyin. Menimcha Fabio Kapello boshqaruvidagi Rossiya terma jamoasi shunday nomga erishishi mumkindir. Yon qo'shnimizga ham muxlislik qilamiz deydi Rahmonqulov. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика