Kvaracxeliya Parijda va yaqin vaqtlarda PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
17 jan 14:12
Yangiliklar
Kvaracxeliya Parijda va yaqin vaqtlarda PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Napoli" hujumchisi Xvicha Kvaracxeliya Parijda va yaqin vaqtlarda "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolash oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Oldinroq, Kvaracxeliyaning "Napoli"dan transfer narxi 70 mln evroni tashkil etishi xabar qilingandi. Hujumchining PSJ bilan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.
23 yoshli Xvicha Kvaracxeliya joriy mavsum A Seriya doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar