"Yuventus" "Atalanta"ning bir yo'la 3 futbolchisini olib kelmoqchi
17 jan 16:20
Yangiliklar
"Yuventus" "Atalanta"ning bir yo'la 3 futbolchisini olib kelmoqchi
Ular: himoyachi Jorjo Skalvini, yarim himoyachi Ederson Lorenso va hujumchi Mateo Retegi.
Ederson Bergamo klubi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Klub futbolchisini qishda sotib yuborishni o'ylamayapti, bu hodisa yozda amalga oshishi mumkin. Klub 2027 yilda shartnomasi yakunlanadigan 25 yoshli futbolchisini 60 mln evroga baholamoqda.
Skalvini masalasi esa og'irroq. Klubdagilar unga hali narx qo'yishmagan. Ikki yil oldin "Atalanta" uni "Inter" va PSJga 35 mln evroga sotmagandi.
Retegi esa "Yuventus"dan ketishi kutilayotgan Dushan Vlaxovichning o'rnini egallashi kutilmoqda. "Atalanta" hujumchini saqlab qolish niyatida, biroq 65 mln evrodan ko'proq pul to'lanadigan bo'lsa, Retegi bilan xayrlashishni o'ylab ko'rishi mumkin.
21 yoshli Skalvini ushbu mavsum "Atalanta" tarkibida 5 o'yinda, 25 yoshli Ederson 27 o'yinda (2 gol va 1 assist) hamda 25 yoshli Retegi 26 o'yinda (15 gol va 4 assist) ishtirok etdi.
Fikrlar