So’nggi yangiliklar

19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  10 19:28Ўзбекистон U-20нинг Сурияга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 19:20Неймар Мессининг ПСЖга келиши унинг Мбаппе билан келишмовчилигига сабаб бўлганини айтди  1 18:53ЎФА Кубогининг янги низоми ҳақида болалар футболига оид аччиқ мақола  5 17:42Расман: Бельгия термаси бош мураббийсиз қолди  5 17:06Расман: Оле-Гуннар Сульшер Туркия чемпионатида иш бошлади!  3 16:48"Реал" хавбеки сафдан чиқди  3 16:20"Ювентус" "Аталанта"нинг бир йўла 3 футболчисини олиб келмоқчи  1 15:42"Сепахон" — "Персеполис". Эрон Суперкубоги учун ўйиннинг таркиблари маълум  1 15:06Интервью. Шерзод Эсанов: "Мақсадим - АПЛ. Унга эришмагунча тўхтамайман"  9 14:49"Бешиктош" Сульшер билан музокаралар бошланганини эълон қилди  0 14:12Кварацхелия Парижда ва яқин вақтларда ПСЖ учун тиббий кўрикдан ўтади  1 13:42Холанд ва "Ман Сити" 2034 йилгача шартнома имзолади, келишув спорт тарихидаги энг йирикларидан бўлди  6 13:10ОКМК БААга йўл олди, рақиблар орасида ЦСКА ҳам бор  2 12:47"Ал Ҳилол" Салаҳга шошириб қўядиган таклиф беришга тайёр  1

Angliya Premer-ligasi tarixidagi osiyolik eng yaxshi 11 nafar futbolchi Yangiliklar

Angliya Premer-ligasi tarixidagi osiyolik eng yaxshi 11 nafar futbolchi

Yaqin orada Angliya Premer-ligasida to'p tepadigan osiyolik futbolchilar soni yana bittaga ko'payadi.

Angliya Premer-ligasida dunyoning turli burchaklaridan kelgan istedodlar to'p tepgan. CHempionat Premer-liga nomi ostida 1992 yil tashkil etilganidan buyon divizionda ishtirok etadigan bazi kuchli jamoalarda osiyolik futbolchilar o'ynab kelmoqda.

"Tottenxem Xotspur" klubi hujumchisi Son Xyon Min 2015 yil klub tarkibiga qo'shilganidan beri ligadagi eng ko'zga ko'ringan futbolchilardan biri bo'lib kelmoqda. Son Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn bilan ajoyib juftlik hosil qildi va u ketgandan so'ng "Tottenxem"ning eng muhim o'yinchilaridan biriga aylandi. Takexiro Tomiyasu esa 2024 yilning mart oyida "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzoladi. U "to'pchilar" muxlislarining sevimli o'yinchilaridan biriga va jarohatidan avval asosiy tarkib futbolchisiga aylangandi.

Ushbu maqolada Premer-ligada o'ynagan 11 nafar eng yaxshi osiyolik futbolchi haqida so'z yuritiladi va ular bir nechta muhim mezonlar asosida tahlil qilinadi.

Reyting mezonlari

O'yinlar

Qo'lga kiritilgan sovrinlar

Jamoaga qo'shgan hissa


11. Nil Eterij (Filippin)

O'ynagan jamoasi: "Kardiff Siti"

Nil Eterij Londonda tug'ilgan. Uning otasi ingliz, onasi esa Filippin millatiga mansub edi. Nil darvozabon bo'lib, Premer-ligada atigi bir mavsum faoliyat olib bordi. "Kardiff Siti" bilan CHempionshipga tushib ketgan bo'lsa-da, Eterij jamoaning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylandi. U o'nta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi, bu quyi ligaga ravona bo'lgan jamoa darvozaboni uchun ajoyib natija hisoblanadi. 

Nil 2008 yildan buyon, bazi istisno holatlarni hisobga olmaganda, muntazam ravishda Filippin terma jamoasi darvozasini qo'riqlaydi. U Premer-ligada o'ynagan yagona filippinlik futbolchi bo'lib, 2022 yil iyun oyida terma jamoa sardorlik belbog'ini qo'lga kiritdi. Hozirda Eterij Tailandning "Buriram Yunayted" jamoasida to'p tepadi.

Klub: "Kardiff Siti"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2018/19

O'yinlar soni: 38

"Quruq o'yinlar": 10


10. Sun Czixay (Xitoy)

O'ynagan jamoasi: "Manchester Siti"

Yosh futbol muxlislari Sun Czixay kimligini bilmasliklari mumkin, ammo endi qiziqib ko'rishsa, ajabmas. Ayniqsa, "Manchester Siti"ga befarq bo'lmaganlar. Xitoylik himoyachi, shubhasiz, mamlakat tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. U 2002 yil "Manchester Siti" jamoasining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan. Sun Czixay Premer-ligada ham hujumkor o'yin uslubini davom ettirdi va "Etihad" stadionida tomoshabinlarning sevimli futbolchisiga aylandi.

Sun Czixay Manchesterdagi faoliyati davomida bir nechta jiddiy jarohatga yo'liqdi. Uning jarohatlari va 2008 yil klubning yangi egalarga o'tishi futbolchini jamoadan ketishga majbur qildi. Keyin u qisqa muddat "SHeffild Yunayted" safida to'p tepdi, biroq xitoylik futbolchi mazkur jamoa muxlislari orasida avvalgidek hurmatga sazovor bo'lolmadi va atigi o'n ikkita o'yinda maydonga tushdi.

Klub: "Manchester Siti"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2002–08

O'yinlar soni: 123

Gollar: 3


9. Ki Son Yon (Janubiy Koreya)

O'ynagan jamoalari: "Suonsi", "Sanderlend", "Nyukasl"

Ki Son Yon Premer-ligadagi sakkiz yillik faoliyati davomida uchta klub sharafini himoya qilgan. "Seltik"dagi muvaffaqiyatini takrorlay olmagan bo'lsa-da, Ki "Suonsi Siti" yarim himoyasida o'zining qimmatbaho o'yinchi ekanligini isbotladi. Uels klubi 2013 yil Liga kubogini qo'lga kiritdi va 2014/15 yilgi mavsumda 8-o'rinni egalladi. Ki mavsumni "Suonsi Siti"ning eng yaxshi futbolchisi sifatida yakunladi. Uning "Liberti" stadionidagi o'yinlari "Sanderlend" va keyinchalik "Nyukasl Yunayted" tarkibidagi faoliyatiga qaraganda ancha muvaffaqiyatli bo'ldi.

Ki Son Yon "Sanderlend" va "Nyukasl" tarkibida atigi 48 ta o'yinda maydonga tushdi. Janubiy koreyalik futbolchi "Sent-Jeyms Park"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Rafael Benitesning klubni tark etishi va Stiv Bryusning tez orada bosh murabbiylikka tayinlanishi futbolchining Angliyadagi faoliyati yakunlanishiga olib keldi.

Klublar: "Suonsi", "Sanderlend", "Nyukasl"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2012-18, 2013-14, 2018-2020

O'yinlar soni: 187

Gollar: 15


8. SHinji Kagava (Yaponiya)

O'ynagan jamoasi: "Manchester Yunayted"

SHinji Kagava Germaniyada etiborga sazovor ikki mavsum o'tkazgandan so'ng Dortmundning "Borussiya" klubidan "Old Trafford"ga ko'chib o'tdi. Yaponiyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ga 16 million evro evaziga transfer qilindi, biroq ikki mavsumdan keyin yarim narx evaziga Dortmundga qaytdi. Kagava ko'pchilik undan kutgan darajada o'yin namoyish eta olmadi, atigi oltita gol urdi va "qizil iblislar" tarkibida, asosan, zaxiradan maydonga tushdi.

Kagava 2012/13 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" bilan Premer-liga chempionligini qo'lga kiritdi va 2013 yilda Angliya superkubogi sohibiga aylandi. Biroq u "Manchester Yunayted"da asosiy tarkib o'yinchisiga aylana olmadi. Kagava 2012 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo'ldi. Kagava 2012/13 yilgi mavsumda Premer-liga chempionligi natijasida 1992 yilda liganing qayta tashkil etilganidan beri bosh sovringa ega chiqqan birinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi.

Klub: "Manchester Yunayted"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2012-15

O'yinlar soni: 38

Gollar: 6


7. Li CHxon Yon (Janubiy Koreya)

O'ynagan jamoalari: "Bolton", "Kristal Pelas"

Li CHxon Yon 2009 yil "Bolton"ga kelgach, klub muxlislari orasida sevimli futbolchiga aylangan edi. Janubiy koreyalik futbolchi 2009/10 yilgi mavsumda ko'rsatgan ajoyib o'yinlari uchun "Bolton"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deya topildi. 2010 yil Janubiy Afrika Respublikasida o'tkazilgan jahon chempionatidan so'ng, bir qancha ommaviy axborot vositalari uni "Liverpul"ga o'tishi haqida xabarlar tarqatdi. Biroq mish-mishlarga qaramay, Li "Bolton"da qolishni maqul ko'rdi.

Afsuski, 2011-12 yilgi mavsum boshlanishidan oldin o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvda Li oyog'idan jiddiy jarohat oldi. Ushbu jarohat tufayli u mavsumning aksariyat qismini o'tkazib yubordi. "Bolton" Premer-ligadan quyiga tushib ketgan mavsumda Li atigi ikkita o'yinda ishtirok eta oldi. Keyinchalik u "Kristal Pelas" sharafini ham himoya qildi.

Klublar: "Bolton", "Kristal Pelas"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2009-12, 2014-18

O'yinlar soni: 105

Gollar: 8


6. Maya Yosida (Yaponiya)

O'ynagan jamoasi: "Sautgempton"

Maya Yosidaning Angliyadagi faoliyati qiyinchiliklar bilan boshlangan, bir nechta xatolari "Sautgempton" muxlislarining tanqidiga uchragan. Biroq yaponiyalik futbolchi jamoadagi o'rnini saqlab qolib, o'z o'yinini takomillashtirib bordi. Yosida asosiy o'yinchilardan biriga aylandi va jamoani Premer-ligadagi eng qiyin davrlarida pastki ligaga tushib ketishdan asrab qolishga hissa qo'shdi.

Yosidaning klub safidagi so'nggi o'yinlaridan birini noxush sabablar tufayli esda qolarli tarzda o'tkazdi - "Sautgempton" o'z maydonida "Lester Siti"ga 9:0 hisobida mag'lub bo'ldi. "Lester"dan uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan so'ng, Yosida ikki marta maydonga tushdi va jamoadan ketishini malum qildi. Yosida terma jamoa safida 126 o'yin o'tkazdi, bu ko'rsatkich bo'yicha uni faqat ikkita futbolchi ortda qoldirdi: Yasuxito Endo (152) va Yuto Nagatomo (142).

Klub: "Sautgempton"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2012-20

O'yinlar soni: 154

Gollar: 6


5. Ali Al Habsi (O'mon)

O'ynagan jamoalari: "Bolton", "Uigan"

Ali Al Habsi o'zining eng yaxshi yillarini Angliyada o'tkazdi. Biroq u "Bolton"dagi uchinchi mavsumigacha Premer-ligada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmadi. O'sha mavsum u o'nta o'yinda maydonga tushdi va keyingi mavsumlar davomida yana Yussi Yaaskelyaynenning o'rinbosari sifatida zaxira o'rindig'iga qaytdi.

2010 yil u "Uigan" jamoasiga qo'shilib, klubning asosiy darvozaboniga aylandi. O'monlik darvozabon jamoasi bilan 2013 yilgi finalda Ben Uotsonning so'nggi daqiqalarda urgan goli evaziga "Manchester Siti"ni mag'lub etib, Angliya kubogini qo'lga kiritdi. Garchi Al Habsi final o'yinida zaxirada qolgan bo'lsa-da, oldingi bosqichlarda maydonga tushgani uchun oltin medalga sazovor bo'ldi.

Klublar: "Bolton", "Uigan"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2005-10, 2010-2013

O'yinlar soni: 111

"Quruq o'yinlar": 23


4. Takexiro Tomiyasu (Yaponiya)

O'ynagan jamoasi: "Arsenal"

Himoyaning turli nuqtalarida o'ynay oladigan ko'p qirrali himoyachi jarohat olishidan ilgari barqaror o'yini tufayli ushbu ro'yxatda yuqori o'rinni egalladi. Yaponiyalik yulduz "Bolonya"dan "to'pchilar" safini to'ldirgan bo'lib, u shimoliy londonliklarning asosiy raqibi "Tottenxem"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar ostida klubga qo'shildi. Takexiro tez orada o'zini ishonchli va ko'pincha tayanch bo'la oladigan o'ng qanot himoyachisi sifatida namoyon eta boshladi.

Tomiyasu va Uilyam Salibaning Evropa ligasidagi "Sporting"ga qarshi o'yinda olgan jarohatlari 2022/2023 yilgi mavsumda "Arsenal"ning chempionlik poezdi izdan chiqishiga sabab bo'lgan eng muhim omillardan edi. Mikel Arteta ularning jamoadagi ahamiyati haqida bot-bot takidlashdan tolmadi. 

Klub: "Arsenal"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2021-hozirgacha

O'yinlar soni: 55

Gollar: 4


3. SHinji Okazaki (Yaponiya)

O'ynagan jamoasi: "Lester Siti"

SHinji Okazaki 2015/16 yilgi mavsumda "Lester Siti"ning Premer-ligadagi chempionligining muhim bir bo'lagi edi. "Lester" mavsumni chempionlik uchun 500/1 imkoniyat bilan autsayder sifatida boshladi, biroq Rojdestvo bayramiga kelib, ligada peshqadamga aylanib oldi. Klub mavsumni tantana bilan yakunlandi, Okazaki esa o'zining ajoyib o'yinlari uchun Osiyoning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor bo'ldi.

Okazakining tugamas-bitmas energiyasi va Klaudio Raneri "Lester"da qo'llagan tizimga mukammal mos kelishi hujumchini jamoaning ajralmas qismiga aylantirdi. U Premer-ligada atigi ikkita gol urgan bo'lsa-da, fidokorona mehnati va yuqori shiddati bilan kamchiliklar o'rnini to'ldirib bordi. Angliyadagi faoliyati davomida Okazaki Premer-ligada eng ko'p gol urgan yaponiyalik futbolchiga aylandi.

Klub: "Lester Siti"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2015-19

O'yinlar soni: 114

Gollar: 14


2. Son Xyon Min (Janubiy Koreya)

O'ynagan jamoasi: "Tottenxem"

Son Xyon Min shubhasiz, Janubiy Koreya futboli tarixidagi eng iqtidorli o'yinchilardan biri hisoblanadi. U 2015 yil "Bayer"dan "Tottenxem"ga 30 million evro evaziga transfer qilingan. SHimoliy Londonga kelganidan buyon Son maydondagi g'ayrati va hujumdagi samaradorligi tufayli muxlislarning sevimli futbolchisiga aylandi. Uning sobiq jamoa sardori Garri Keyn bilan tandem hosil qilishi Sonning "Tottenxem" asosiy tarkibida doimiy o'rin egallashiga yordam berdi.

Keyn jamoadan ketganidan so'ng, Son sardorlik vazifasini o'z zimmasiga oldi. Bu qo'shimcha masuliyat uning o'yin ko'rsatkichlariga salbiy tasir ko'rsatmadi. Son 2021/22 yilgi mavsumda 23 ta gol urib, "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh bilan birgalikda liganing eng yaxshi to'purari unvonini qo'lga kiritdi. Son Premer-ligada 100 tadan ortiq gol urgan yagona osiyolik futbolchi hisoblanadi.

Klub: "Tottenxem"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2015-hozirgacha

O'yinlar soni: 293

Gollar: 117


1. Park Ji Sun (Janubiy Koreya)

O'ynagan jamoasi: "Manchester Yunayted"

Park Ji Sun Premer-ligada o'ynagan eng yaxshi osiyolik futbolchilardan biri sifatida tan olinadi. Angliyani tark etayotgan payt unda uchta Premer-liga (2006/07, 2007/08, 2008/09, 2010/11), uchta liga kubogi (2005/06, 2008/09, 2009/10), to'rtta Angliya kubogi (2007, 2008, 2010, 2011), bitta UEFA CHempionlar ligasi (2007/08) va bitta klublar o'rtasidagi jahon chempionati (2008) titullari mavjud edi. Park jami 12 ta sovringa erishgan bo'lib, ro'yxatdagi qolgan barcha o'yinchilarning yutuqlaridan ancha ko'p hisoblanadi.

Park Ji Sun "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlarda 204 ta o'yinda ishtirok etib, 28 ta gol urdi hamda jamoadoshlari uchun 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hamkasblari uni jamoaning ajralmas qismi deb bilishardi. Keyinchalik u "Kuins Park Reynjers" jamoasida qisqa muddat to'p tepdi, ammo bu davr unchalik esda qolarli bo'lmadi. Yarim himoyachi ushbu klubni tark etishdan oldin atigi 25 ta o'yinda maydonga tushdi.

Klublar: "Manchester Yunayted", "Kuins Park Reynjers"

Premer-ligada ishtirok etgan mavsum: 2005-12, 2012-13

O'yinlar soni: 154

Gollar: 19


Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
17 jan 12:30:04
Ўзбек футболининг муҳлиси
Ҳусанов эффектими?
   
17 jan 17:24:34
Muhayyo Ahmadaliyeva
Tottenhemda oʻynagan Lee Young Pyochi nega yoʻq ????
   
17 jan 17:10:31
xojayli
Faqat 2nafar musulmon futbolchi bor ekan osiodan
   
17 jan 15:59:01
Otabek Uzoqov
MadridisT foydalanuvchining fikriga javob berish
Park Ji Sun Myu da 204 ta KPR da 25 ta o'yin o'tkazgan ekanu lekin primer ligada 154 ta o'yin o'tkazgan ekan shu joyiga tushunmadim.
APL nazarda tutilgan 154 ta deyilganda yani -Angliya primer ligasi
Angliya kubogi.... Liga kubogi... Chempionlar ligasidagilar bn 204 ta
   
17 jan 15:52:58
AA H.A
MadridisT foydalanuvchining fikriga javob berish
Park Ji Sun Myu da 204 ta KPR da 25 ta o'yin o'tkazgan ekanu lekin primer ligada 154 ta o'yin o'tkazgan ekan shu joyiga tushunmadim.
Примьер лигада 154 та!!! Умумий ЛЧ ,кубок у́йинлари Блан 204 та
   
17 jan 14:20:52
Arsenal 14
Al Habsidan tashqari bari yapon, koreys, xitoylik ekan. Xudo nasib etsa o'zimizni ozbek o''g'lonlarimiz Apl ni zabt etadi
   
17 jan 14:19:34
ANDALUSIA
Сардорлик БЕЛбоги? WTF?
   
17 jan 13:44:06
MadridisT
MadridisT foydalanuvchining fikriga javob berish
Park Ji Sun Myu da 204 ta KPR da 25 ta o'yin o'tkazgan ekanu lekin primer ligada 154 ta o'yin o'tkazgan ekan shu joyiga tushunmadim.
Barcha musobaqalarda 204 ta ekan uzr.
   
17 jan 13:42:51
MadridisT
Park Ji Sun Myu da 204 ta KPR da 25 ta o'yin o'tkazgan ekanu lekin primer ligada 154 ta o'yin o'tkazgan ekan shu joyiga tushunmadim.
   
17 jan 13:23:11
FC BARSELONA
Toxir Sharif foydalanuvchining fikriga javob berish
Man hayron qolaman. Shomurodov Jenoaga o'tayotganida A seriyada o'ynagan top futbolchilarni yozishgandi. Endi Husanov Man Sityga o'tayotganida APL da o'ynagan top futbolchilarni yozishyapti. Nimaga biznikilar top ligalarga o'tishidan oldin shunday maqolalar chiqarishmaydi
Undan oldin yozishgan deyarli hech kim o'qimasdi
   
17 jan 12:36:05
Urazbaev Alibek
Админларга энди яхши мавзу. АПЛ га отган осиёликлар. АПЛ га майдонга тушган осиёликлар. Энг яхши ойинчи болган осиёликлар. Сарик кизил карточка олган осиёликлар. Замена килинган осиёликлар. Ойинга тушмаган осиёликлар. Гол урган осиёликлар. Уйи каерда, кандай уйга кучиб отди. Гвардиола билан алокага чикгании. Озини танловими Сити еки агента ва бошка атрофидагиларними? АпЛ даги осиелик деган мавзуларни бошка осиеликлар езаверсин
   
17 jan 12:32:51
Toxir Sharif
Man hayron qolaman. Shomurodov Jenoaga o'tayotganida A seriyada o'ynagan top futbolchilarni yozishgandi. Endi Husanov Man Sityga o'tayotganida APL da o'ynagan top futbolchilarni yozishyapti. Nimaga biznikilar top ligalarga o'tishidan oldin shunday maqolalar chiqarishmaydi
-1   
17 jan 15:31:14
Samsung
Сон Хён Мин аллақачон Парк Жи Сундан ўтиб кетган клубдаги ва АПЛдаги мавқеини ҳисобга олинса. Тоттенхем афсонасига айланиб бўлди у. Соннинг Тоттенхемдаги статистикаси ҳам дахшатли. Парк Жи Сун эса қанчалик яхши мавсумлар ўтказган бўлмасин, титуллар бтган бўлмасин МЮнинг асосий футболчиси бўлмаган бирор мавсумда ҳам. Сон эса Кейн борида Ҳам йўғида ҳам асосий юлдуз ва жамоанинг юраги бўла олди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика