SHuhrat Muhammadiev: "Al Jayish" asosan qarshi hujumlarga tayanib o'ynaydi"
15 mar 2016 23:55
Yangiliklar


SHuhrat Muhammadiev: "Al Jayish" asosan qarshi hujumlarga tayanib o'ynaydi"
"Ertangi o'yin qiyin va murosasiz o'tishi aniq. "Al Jayish" yaxshi jamoa. Ularning bir qator o'yinlarini ko'rib va o'rganib chiqdik. Xudo xohlasa Qatardan kamida ochko bilan qaytishga harakat qilamiz. Sardor Rashidov yaxshi sport formasida. Uning tezligi ham joyida. Lekin biz unga kerakli choralarni ko'rishga tayyormiz. Ular hujum chizig'ida uchta futbolchi bilan o'ynashadi. Hujum chizig'i vakillari esa ko'pincha orqaga qaytishmaydi. "Al Jayish" odatda ko'proq qarshi hujumda o'ynaydi. Biz esa doimgidek o'z o'yin uslubimizda harakat qilamiz. Ertaga maydonda haqiqiy jang bo'ladi. O'ylaymanki, uchrashuv muxlislar uchun tomoshabop kechadi. Biz esa o'z o'rnida o'z muxlislarimizni quvontirish maqsadida maydonga tushamiz", - deydi SHuhrat Muhammadiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar