So’nggi yangiliklar

14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  0 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  2 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  1 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   14 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  3 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  7 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  3

SHtange boshchiligidagi Suriya terma jamoasi Toshkentda mehmon Yangiliklar

SHtange boshchiligidagi Suriya terma jamoasi Toshkentda mehmon

Teglar :  SuriyaBernd SHtange
Bugun, 6 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz Bernd SHtange boshchiligidagi jamoaga qarshi o'ynaydi. Biz o'quvchilarimiz etiboriga Suriya terma jamoasi va bosh murabbiy haqidagi malumotlarni keltiramiz.

Suriya Osiyoning kuchli terma jamoalari qatoriga kirmaydi. SHunga qaramay ushbu jamoa xalqaro maydonda bir qator yutuqlarga erishgan. 1958 yilda Suriya Jahon chempionati saralashida ishtirok etgan. SHu tariqa mundial saralashida qatnashgan Osiyoning dastlabki jamoalaridan biriga aylangan. Aslida bu jamoa 1966 yilgi mundial saralash bosqichida Isroil bilan birga Evropa qitasi saralashida ishtirok etishi lozim bo'lgan. Biroq Afrika va Osiyo qita jamoalarining "boykoti"ga qo'shilgan hamda saralashda qatnashishdan bosh tortgan.

Ushbu jamoaga hech qachon mundial final bosqichiga chiqish nasib qilmagan. 1986 yilda Suriya Jahon chempionatiga chiqishga juda yaqin kelgandi. Ammo Iroqdan uchralgan mag'lubiyat tufayli mamlakat orzusi amalga oshmay qolgandi. 2014 yilgi saralash bahslarida Suriya safida mumkin bo'lmagan futbolchi (Jorj Murod) harakat qilgani uchun FIFA jamoani diskvalifikaciya qilgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Bu o'yinchi SHveciya yoshlar terma jamoasi safida o'ynagan va boshqa jamoa safida o'ynashi uchun FIFAdan ruxsat olishi lozim bo'lgan.


"Qizil burgutlar" o'z tarixida besh bor Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etgan. Biroq har safar musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'lishgan. So'nggi bor Suriya 2011 yil Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida qatnashdi. Yaponiya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy olgan bo'lajak raqibimiz bitta g'alabaga erishib 3-o'rinni band etgan. O'sha g'alaba Saudiya Arabistoni ustidan qo'lga kiritilgan edi.

2012 yilda Suriya G'arbiy Osiyo kubogi finalida Iroqni mag'lub etib, ilk bor chempionlikni qo'lga kiritdi. Hozirga qadar aynan mana shu g'oliblik jamoa uchun so'nggi eng yirik yutuq bo'lib qolmoqda.

2018 yilgi mundialga chiqish uchun ham Suriya juda yaqin kelgandi. Uchinchi saralash bosqichida ushbu jamoa O'zbekiston birga bir guruhdan joy olganini o'quvchilarimiz juda yaxshi eslashadi. Suriya oxirgi turda Eron bilan Tehronda durang o'ynab, 3-o'rinni egallagan va pley-offga chiqqandi. O'zbekiston esa 4-o'ringa tushib qolgandi. Pley-offda Suriya Avstraliya bilan tengma-teng o'yinlarda umumiy hisobda 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.


Suriya arab futbol Federaciyasi
Laqabi 
- qizil burgutlar
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy - Bernd SHtange (Germaniya)
Sardor - Firas Al Xatib
Eng ko'p o'yin o'tkazgan - Musab Balxush (81)
Eng ko'p gol urgan - Raja Rafe (32)
Uy stadioni - "Aleppo" Xalqaro stadioni
FIFA kodi - SYR
FIFA reytingidagi o'rni - 73 (2018 yil 16 avgust)

Birinchi rasmiy o'yin
1949 yil 20 noyabr

Turkiya - Suriya 7:0

Eng yirik g'alaba
1997 yil 4 iyun

Suriya - Maldiv orollari 12:0

2001 yil 30 aprel
Suriya - Filippin 12:0

Eng yirik mag'lubiyati
1949 yil 25 noyabr

Greciya - Suriya 8:0

1951 yil 16 oktyabr
Misr - Suriya 8:0

Osiyo Kubogidagi ishtiroki - 5 marta (birinchisi 1980)
Eng yaxshi natijasi - guruh bosqichi (1980, 1984, 1988, 1996 va 2011)

Jahon chempionati final bosqichiga chiqmagan



Sovrinlari
G'arbiy Osiyo Futbol Federaciyasi chempionati
CHempion - 2012
Vice-chempion - 2000 va 2004

Arab millatlar kubogi
Vice-chempion - 1963, 1966, 1988

Pan-Arab o'yinlari
CHempion - 1957
Vice-chempion - 1953, 1997

O'rtaer dengizi o'yinlari
CHempion - 1987

G'arbiy Osiyo o'yinlari
Vice-chempion 1997, 2002 va 2005



2018 yil fevral oyida Suriya futbol Associaciyasi terma jamoaga germaniyalik Bernd SHtange bosh murabbiy bo'lganini elon qildi.

BERND SHTANGE (Germaniya)
Tug'ilgan sana
: 14 mart 1948 yil
Tug'ilgan joy: Gnashvic, Germaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: Himoyachi
O'ynagan klublari: "Xemi", "Forverts", "DXfK"
Boshqargan jamoalari: "Karl Ceyss", Germaniya (yoshlar), Germaniya (olimpiya), "Gerta", "Leypcig", "Dnepr" (Ukraina), CSKA Borisfen (Ukraina), "Pert Glori" (Avstraliya), Ummon MTJ, Iroq MTJ, "Apollon" (Kipr), Belarus MTJ, Singapur MTJ.

Germaniyaning "Xemi" Gnashvic klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Bernd SHtangening futbolchilik faoliyati u qadar yorqin bo'lmagan. Atiga besh yil davomida to'p tepgan SHtange 1970 yildan "Karl Ceyss" klubi yoshlar jamoasi bosh murabbiyiga aylangandi. Keyingi mavsum asosiy jamoa ustozi bo'lgan murabbiy 1972 va 1975 yillarda "Karl Ceyss"ni Germaniya chempionligiga olib kelgan. 1983-1988 yillarda u Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. "Gerta" va "Leypcig" klublaridagi faoliyati omadsiz chiqqanidan so'ng xorijda ishlashga qaror qilgan SHtange "Dnepr"dan qo'nim topdi. Ushbu klubda ikki marta bronza medallariga ega chiqqan. 1998 yilda SHtange Avstraliyaga borib qoldi. 2000 yil mahalliy "Pert Glori" klubini Avstraliya chempioni qildi. Ushbu klubdagi faoliyati vaqtida murabbiy Avstraliya fuqaroligini olgan. 2001 yildan Osiyo milliy terma jamoalaridagi faoliyatini boshladi. Biroq Ummonda atiga uch oyga yaqin ishlab Iroq bosh murabbiyi bo'ldi. Biroq Iroqdagi urush tufayli o'zi xohlaganidek ishlay olmadi va 2 yildan keyin jamoani tark etdi. Kiprning "Apollon" klubini qabul qilib olgan murabbiy 2006 yilda mamlakat chempioni qildi va Superkubokka ega chiqdi. 2007-2011 yillarda SHtange Belarus terma jamoasini boshqardi. 2008 yilgi Evropa, 2010 yilgi Jahon va 2012 yilgi Evropa chempionati saralashidagi omadsizliklardan keyin murabbiy istefoga chiqdi.


2013 yil may oyida u Singapur terma jamoasida ish boshladi. Uning qo'l ostida jamoa Osiyo Kubogigiga chiqa olmadi va amaldagi ASEAN chempioni sifatida navbatdagi musobaqada guruhda qolib ketdi. 2016 yil aprel oyida murabbiy Singapur terma jamoasini tark etdi.

2016 yil 14 iyul kuni Bernd SHtange murabbiylik faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi. Biroq shu yilning fevral oyida Suriya futbol Associaciyasi taklifiga ko'ra murabbiylik faoliyatini qayta tikladi va terma jamoani Osiyo Kubogi-2019ga tayyorlashni boshladi.

1984 yil Germaniyada "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan. 2001 yil Avstraliyada va 2006 yil Kiprda eng yaxshi murabbiy bo'lgan.


O'ZARO O'YINLAR

O'zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar Suriya bilan 3 marta to'qnash kelgan. Ikki bor Suriya, bir bor O'zbekiston g'alaba qozongan. Dastlabki uchrashuv 1996 yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. O'shanda Suriya 2:1 hisobida zafar quchgan, biroq ikkala jamoa ham guruhda qolib ketgandi. Bizdan yagona golni "Neftchi" afsonasi Sergey Lebedev penaltidan urgandi.

Navbatdagi ikki o'yinni ko'pchilik yaxshi eslaydi. JCH-2018 saralashi doirasida dastlab Toshkentda o'tgan bahsda vakillarimiz Aleksandr Geynrixning urgan yagona goli evaziga g'alaba qozonishgan - 1:0. Suriyadagi siyosiy vaziyat tufayli Malayziyada tashkil etilgan uchrashuvda esa Suriya so'nggi daqiqalarda Omar Xarbin tomonidan penaltidan urgan goli tufayli zafar quchishgan - 1:0.


Bernd SHtange boshchiligidagi Suriya terma jamoasi Toshkentga 23 nafar futbolchi bilan keldi. Malumot uchun, Suriya O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin Qirg'izistonga boradi va 10 sentyabr kuni ushbu mamlakat terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Darvozabon
Ibrohim Alma ("Fulad", Eron)
Ahmad Madania ("Al Jayish")
SHohir Al SHokir ("Al Ittihod")

Himoyachilar
Nadim Sabog' ("Tishrin")
Omar Midani ("Piramids", Misr)
Jihod Al Bour ("Al Riffa", Bahrayn)
Hussayin Jvayd ("Al Zavra", Iroq)
Xodi Al Masri ("Al Vihdat", Iordaniya)
Abdul Malik Anizan ("Al Jayish")
Gabriel Somi ("Nyu Ingland Revolyushon, AQSH")

Yarim himoyachilar
Mahmud Al Mavas ("Umm Salal", Qatar)
Hamid Mido ("Al Kuvayt", Kuvayt)
Osama Omari ("Qatar SK", Qatar)
Tamir Hoj Muhammad ("Ohod", Saudiya Arabistoni)
Fahd Yusuf ("Al Sayliya", Qatar)
Yusuf Kalfa ("Al Hazim", Saudiya Arabistoni)
Ahmad Ashkar ("Al Jayish")
Txaer Krouma ("Al Suvayq", Ummon)
Isra Hamviah ("Al Malkiya", Bahrayn)
Muhammad Osman ("Xerakles Almelo", Gollandiya)

Hujumchilar
Mardik Mardikyan ("Al Jazira", Iordaniya)
Omar Al Soma ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni)


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика