SHotlandiya chempionati markaziy bahsining ikkinchi bo'limi shisha singani sababli kech boshlandi
03 apr 2022 20:56
Yangiliklar
SHotlandiya chempionati markaziy bahsining ikkinchi bo'limi shisha singani sababli kech boshlandi
SHotlandiya derbisidan o'rin olgan "Reynjers" - "Seltik" bahsida ikkinchi bo'limning boshi shov-shuvli voqea bilan o'tdi.
Muxlislardan biri shisha idishni maydonga uloqtirgani va u sinib ketgani uchun hakam ikkinchi bo'limni keyinroqqa qoldirishga majbur bo'ldi.
Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlar safida Aaron Remzi gol urdi. "Seltik" safida Tom Rogich va Kemeron Karter-Vikers raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Fikrlar