So’nggi yangiliklar

09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  0 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  3 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4

SHota Arveladze: “Nima uchun siz faqat bir futbolchi bilan tushlik qilayapsiz?” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Nima uchun siz faqat bir futbolchi bilan tushlik qilayapsiz?”

OCHL 2-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “SHahr Xodro” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida SHota Arveladze va o'yining eng yaxshi futbolchisi Igor Sergeev ishtirok etdi.

“Barcha muxlislarni, yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Yirik hisobda yutdik. Ammo o'yin juda yaxshi bo'lgani yo'q. Ayniqsa birinchi taymda to'p yo'qotishlar bo'ldi. Raqibga ko'p ham imkoniyat berdik deb o'ylamayman. Eronliklar pressing qilishdi. Menimcha ikkinchi taymda ular charchab qolishdi. CHiroyli gollar urdik, to'rtinchi golimiz ham toza edi”, - deydi SHota Arveladze. 

“Bosh murabbiyning fikrlariga qo'shilaman. Eng asosiysi g'alabaga erishdik, gol o'tkazmadik bu ham yaxshi natija. Afsuski uchinchi golimni hisoblashmadi, o'sha vaziyatda offsayd yo'q ekan. Balki keyingi o'yinda offsaydan ursam hisoblashar. Bugun ko'plab muxlislar stadionga kelishdi. Ularga rahmat aytaman”, - deydi o'yining eng yaxshi futbolchisi Igor Sergeev.

- Birinchi taymda juda ko'p noaniq paslar bo'ldi. Dragan CHeranning o'zida ko'p xatolar bo'ldi. Bu mavsum avvali bo'lgani uchunmi? Eldorbek Suyunovning harakatlariga qanday baho berasiz. U birinchi taymda ikki marta jamoani qutqardi. 

- Alohida futbolchilarga to'xtalib o'tmayman. Darvozabon darvozada turibdimi demak u to'pni qaytarishi kerak. Boshqa futbolchilar ham jamoaga yordam berishi kerak. 

- O'yindan avval OAVda raqibning kuchsiz ekanligi haqida ko'p yozishdi. Jamoa futbolchilari orasida bunday holat kuzatilmadimi? 

- Yo'q. Bu OAVning uslubi. Eron necha marta Jahon chempionatiga chiqqan? O'zbekistonchi? SHunday ekan Eron klublari ham kuchsiz emas. 

- Keyingi turda OCHL amaldagi g'olibi “Al Hilol”ga qarshi safarda o'ynaysizlar. Nimaning hisobiga yutish mumkin deb o'ylaysiz? 

- Bizda doim umid bor, lekin imkoniyat har doim ham yo'q. To'g'ri raqib kuchli, lekin hozir hamma bilan o'ynash mumkin. Xohish istak evaziga g'alaba qozonish mumkin. 

- 22 fevral kuni Moskvada “Spartak”ka qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazasizlar. O'sha kuni sizning tug'ilgan kuningiz. Faoliyatingizda oldin ham bunday holat bo'lganmi? 

- Murabbiylik faoliyatimda eslay olmayman, lekin futbolchilik paytimda tug'ilgan kunimda maydonga tushganman. 

- “SHabab Al Ahli”ga qarshi o'yindan avval CHeran bilan ovqatlangandim, g'alaba to'pini kiritgandi. Kecha esa Sergeev bilan tushlik qildim. Keyingi safar kim bilan ovqatlanishimni istardingiz? 

- Nimaga faqat bir futbolchi bilan ovqatlanayapsiz? (kuladi) Sizga ro'yxat tuzib beraman. Iloji bo'lsa 3-4 futbolchi bilan boring (kuladi).

Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика