So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

SHota Arveladze Alisher Usmonov va "Paxtakor"ga rahmat aytdi Yangiliklar

SHota Arveladze Alisher Usmonov va "Paxtakor"ga rahmat aytdi

Ketma-ket ikkinchi mavsum O'zbekiston Superligasi va O'zbekiston Kubogidagi g'alabalardan so'ng SHota Arveladze klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

"Paxtakor"ning xalqaro darajada o'sishiga yordam bergan, hamkorlikda bajarilgan ishga uchun "SFI Management Group" kompaniyasiga rahmat aytaman. Birgalikda ishlagan hamkasblarimga minnatdorchilik bildiraman.

Men "Paxtakor"dek katta klubda ishlash imkoniyatiga ega bo'lganim uchun klub rahbariyati, sahiy inson Alisher Burxonovich Usmonovga rahmat aytaman. Bu erda ishlash jarayonida o'z tajribamni yanada oshirdim. Ajoyib insonlar bilan birgalikda mehnat qilib, g'alabali onlardan zavq oldim. Butun klub va jamoa bir maqsad yo'lida haqiqiy oilaga aylanganmiz. Yutuqlarga erishishimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar futboliga etibor oshirilib, zamonaviy dasturlar yordamida ularning shug'ullanishiga etibor qaratilmoqda. Ayni paytda futbolning rivojlanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda o'zbek futboli uchun o'z mevasini beradi. O'zbekistondek chiroyli yurtda yashash va ishlash, sharqona tarbiya ko'rgan ajoyib odamlar bilan muloqotda yanada dono insonga aylanish mumkin. Buning uchun Alisher Burxonovichga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor"da yutuqlardan tashqari yanada ko'proq ish va hayotiy tajribaga ega chiqdim. 2020 yil jamoa ichki musobaqalarda g'olib chiqdi, CHempionlar Ligasida chorak finalgacha etib bordi. Keyingi yil yanada yuqori marralar zabt  etilib, jamoa Osiyoning eng kuchli klubiga aylanib, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish yo'lida harakatlar to'xtab qolmaydi. Bu yo'lda klubning oldiga qo'ygan maqsadlari davom etadi. "Paxtakor" olg'a qadam bosishdan to'xtamaydi. Barchasi uchun sizdan minnatdorman, Alisher Burxonovich! - deb takidladi SHota Yustinovich.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика