"SHo'rtan" uchta transferni amalga oshirdi
26 iyu 2024 18:01
Yangiliklar
"SHo'rtan" uchta transferni amalga oshirdi
SHo'rtan yozgi transfer doirasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarni safiga qo'shib oldi.
Birinchi davrada Superliga ishtirokchisi sanalgan Termizning "Surxon" jamoasi tarkibida to'p tepgan Nuriddin Hasanov jamoaga kelib qo'shildi. Tajribali chap qanot yarim himoyachisi yarim mavsumlik shartnoma tuzdi.

Birinchi davrani Xorazmning "Xorazm" jamoasi tarkibida o'tkazgan tajribali himoyachi SHeroz Jalolov ham "oq bo'rilar" safiga kelib qo'shildi. 25 yoshli himoyachi ham jamoa bilan mavsum so'ngiga qadar birga bo'ladi.

"Lokomotiv" futbol klubi tarbiyalanuvchisi, o'tgan mavsum "Qo'qon-1912" jamoasida harakat qilgan tajribali darvozabon Rustam Nortojiev ham mavsum yakuniga qadar mazkur jamoaga yordam beradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar